Toshkent shahridagi Turin Politexnika universiteti Yaponiyaning Xiroshima universiteti va Balcom kompaniyasi bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 28-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi va Yaponiya o‘rtasida ikki tomonlama hamkorlikni yanada kengaytirish va mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4553 son qarorining ijrosini ta'minlash maqsadida, 2020 yil 18-21 yanvar kunlari Toshkent shahridagi Turin Politexnika universiteti rektori U.Salomov va universitet Xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i J.Abdujalilov Yaponiyaning Xiroshima shahriga tashrif buyurdi. 2020-yil 19-fevral kuni Xiroshima universiteti prezidenti Mitsuo Ochi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda hamkorlik aloqalarini o‘rntaish bo‘yicha Akademik va ta'lim almashinuv Shartnomasi imzolandi. Xiroshima universiteti vise-prezidenti Yasushi Maruyama va Muhandislik fakul'teti dekani Professor Atsushi Sugeta, Xalqaro ishlar qo‘mitasi boshlig‘i Professor Toru Takashina bilan uchrashuvda Toshkent shahridagi Turin Politexnika universiteti talabalari Xiroshima…