Universitet talaba-qizlari o‘rtasida davra suhbati o‘tkazildi
2024-yil 21-fevral kuni Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti talaba- qizlari o'rtasida "Xotin-qizlar o‘rtasida tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish va erta tug‘ruqning oldini olish" mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. Davra suhbatiga “Oq yelkan” ijtimoiy himoya markazi mutaxassis xodimlari kelib o‘z bilim va ko‘nikmalari bilan o‘rtoqlashdilar. Dastlab so‘zga markaz yuristi Qurbonali Dadajonov chiqib, so‘nggi yillarda O‘zbekistonda xotin-qizlarni ijtimoiy qo‘llab quvvatlash masalasida 3 ta qonun, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2 ta farmoni va 6 ta qarori hamda hukumatning 20 dan ortiq qarorlari qabul qilinganligini, shuningdek mazkur qaror va farmonlarning mazmun-mohiyatini aytib o‘tdilar. So‘zni universitet Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha rektor maslahatchisi F.Nabixanova davom ettirib, ayollarning huquqlari davlat…