You are currently viewing Huawei ICT 2024-2025 tanlovining mintaqaviy bosqichi Ishtirokchilari taqdirlandi

Huawei ICT 2024-2025 tanlovining mintaqaviy bosqichi Ishtirokchilari taqdirlandi

Joriy yilning 2-dekabr kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida Huawei ICT 2024-2025 tanlovining mintaqaviy bosqichi ishtirokchilarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tanlov natijasiga ko’ra, Toshkent Turin universiteti Software Engineering yo‘nalishi 3-bosqich talabasi Qoriev Ayubxon, shuningdek, TATU, INHA va TKTI talabalari yuqori natijalarni ko‘rsatib, keyingi bosqichga muvaffaqiyatli yo‘l oldi.

Keyingi bosqichga o‘tgan barcha ishtirokchilar munosib mukofotlar va sertifikatlar bilan taqdirlandi. Biz universitetimiz talabalarining erishayotgan yutuqlari bilan faxrlanamiz va ularga kelajakda yanada ulkan zafarlar tilaymiz!