Kimyoviy elementlarning tuzilishi va xossalari, Mendeleev davriy sistemasida qanday joylashishi, kashf etilishining qiziqarli hikoyalari kabi mavzularda Toshkentdagi Turin politexnika universitetining “Tabiiy-matematika fanlari” kafedrasi mudiri, texnika fanlari doktori, akademik Dilshat Ubaydullaevich Toʻlaganov Toshkent viloyati Zangiota tumanidagi 14-umumta’lim maktabi o‘quvchilariga so‘zlab berdi. Akademik To‘laganov maktab o‘quvchilarini dars mavzusi bilan tanishtirar ekan, kimyoviy elementlarning kashf etilishi uzoq vaqt davomida sodir bo‘lganini alohida ta’kidladi. Masalan, uglerod, oltingugurt, temir, mis, kumush, qalay, oltin, simob va qo'rg'oshin qadim zamonlardan beri ma'lum. Mishyak, surma, vismut, rux oʻrta asrlarda olingan bo‘lsa, fosfor, azot, bariy, berilliy, vodorod, volfram, ittriy, kislorod, kobalt, marganets, molibden, nikel, platina, stronsiy, tellur, titanium, telluriy,…