Hamkorlikning keyingi bosqichlari muhokama qilindi.
Joriy yilning 27 sentabr kuni Germaniyaning Janubiy Turingiya biznes-delegatsiyasining O‘zbekistonga tashrifi dasturi doirasida Janubiy Tyuringiya Savdo-sanoat palatasi prezidenti boshchiligidagi delegatsiya Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetiga tashrif buyurdi. Tadbir davomida mehmonlarga universitetning moddiy texnik bazasi, talabalarga yaratilgan imkoniyatlar, innovatsiyalarni qo'llab quvvatlash uchun yaratilgan texnika va laboratoriya markazlari faoliyati yaqindan tanishtirildi. Shuningdek, TTPU va Simson Private Akademie (Germaniya) hamkorligi doirasida professional ta'lim yo'nalislari bo'yicha o'qitish bo'yicha imzolangan memorandumga asosan boshlangan o'quv kurslari tinglovchilari bilan davra suhbati tashkil qilindi. Davra suhbatida delegatsiya tarkibidagi SPA akademiyasi rahbari Mr. Max Reumschüssel hamda ish beruvchi tashkilot vakillari ishtirok etishdi. Uchrashuv davomida, hamkorlikda tashkil qilingan o'quv kurs…