TTPUda “Biz zo‘ravonlikka qarshimiz!” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi

  • Post category:Yangiliklar

Ma’lumki, bugungi kunga kelib mamalakatimizda, xotin-qizlar huquqlari himoyasining qonunchilik bazasini mustahkamlash bo‘yicha mamlakatimizda keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda. Jumladan, “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida”gi va “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunlarning qabul qilingani xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini ta’minlab, ularning jamiyatdagi o‘rinini yanada mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Joriy yilning 15 dekabr kuni, Toshkent shahridagi Turin Politexnika universitetida “Zo‘ravonlikka qarshi 16 kun” tadbirlari doirasida "Biz zo‘rovonlikka qarshimiz!" shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.             Tadbirda Olmazor tumani Ichki ishlar bo’limi huquqbuzarliklar profilaktikasi bo’linmasi katta inspektorlari – podpolkovniklar S.Sh. Melieva, M.U.Anarbaeva, Y.X.Jo’raeva, mayor S.E.Mavlyanova, kapitan X.N.Berdikulova…

Continue ReadingTTPUda “Biz zo‘ravonlikka qarshimiz!” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi

Koreyalik mutaxassislar bilan muhokamalar oʼtkazildi.

  • Post category:Yangiliklar

Joriy yilning 12 dekabr kuni, Janubiy Koreyaning Koreya sanoat texnologiya instituti (KITECH) professorlari prof. Dr. Bum Sung Kim, Dr. Boksang Lee TTPUga tashrif buyurdi. Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Materialshunoslik instituti direktori prof. Parpiev O.R. boshchiligidagi ilmiy jamoa, “Аlyans Kapital” Investitsion kompaniyasi vakillari hamda TTPU professor oʼqituvchilari va jamoasi qatnashdi. Tashrif doirasida mehmonlarni universitet birinchi prorektori А.Аshurov kutib olib, universitetning axborot resur markazi, texnopark, mexatronika markazlar bilan tanishtirdi. Uchrashuv doirasida ekspertlar tomonidan metallar va materiallar kimyosi va texnologiyasi, vodorod energetikasi istiqbollari, ekoinjineriya sohasi hamda ilmiy kadrlar almashinuv dasturlari bo‘yicha muhokamalar o‘tkazildi.

Continue ReadingKoreyalik mutaxassislar bilan muhokamalar oʼtkazildi.

Ijarada yashaydigan talabalar holidan xabar olinmoqda

  • Post category:Yangiliklar

Toshkent shahridagi Turin Politexnika universiteti akademik guruhlar tyutorlari ijarada yashayotgan talabalarning yashash sharoiti hamda qish mavsumiga tayyorgarligini o‘rganish maqsadida ular yashab turgan xonadonlarga tashrif buyurishmoqda. Tashrif chog‘ida talabalar yashayotgan xonadon egalari bilan suhbat o‘tkazilmoqda, shuningdek, is gazidan zaharlanishni oldini olish va texnika xavfsizligi borasida kerakli tavsiyalar berilmoqda.

Continue ReadingIjarada yashaydigan talabalar holidan xabar olinmoqda

PhD dissertatsiya himoyasi

  • Post category:E'lonlar

Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti huzuridagi PhD.22/01.02.2022.T.144.01 raqamli Ilmiy Kengash qoshidagi 05.08.06 – “Gʻildirakli va gusenitsali mashinalar va ularni ishlatish” ixtisosligi boʻyicha Ilmiy Kengashida dissertatsiya himoyasi. Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti huzuridagi PhD.22/01.02.2022.T.144.01 raqamli Ilmiy Kengash asosida 05.08.06 – “Gʻildirakli va gusenitsali mashinalar va ularni ishlatish” ixtisosligi boʻyicha tuzilgan Ilmiy Kengashda texnika fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga talabgor Muxitdinov Otabek Odil o‘g‘lining dissertatsiya ishi himoyasi. Mavzu: “Improving the reliability of internal combustion engines of passenger cars by improving the properties of motor oils with antimicrobial additives”. Sana: 2022-yil 12-dekabr kuni soat 14:00.  Seminar shakli: offline/online (havola). Manzil: Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti bosh binosining…

Continue ReadingPhD dissertatsiya himoyasi

Jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish mavzusida davra suhbatlari o‘tkazildi

  • Post category:Yangiliklar

Kuni kecha Toshkent shahridagi Turin Politexnika universiteti birinchi prorektori Alisher Ashurov rahbarligida universitet xodimlari, o‘qituvchi-professorlari hamda talabalari ishtirokida talabalarning huquqiy bilimlarini oshirish, xuquqbuzarlik profilaktikasi va jinoyatni barvaqt oldini olish mavzularida davra suhbatlari o‘tkazildi. Yoshlar bilan o‘tkazilgan tadbirda universitetning yoshlar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i Allamova G.A., profilaktika katta inspektori, podpolkovnigi Yusupov Sh. va akademik guruhlar tyutori Sattiyev F.O‘. ishtirok etdi. Suhbat davomida talabalarga - har qanday huquqbuzarliklar va jinoiy hatti-harakatlar sodir etganlik uchun yoshidan va ijtimoiy kelib chiqishidan qat’iy nazar, O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat va Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodekslarning tegishli moddalari bilan qonuniy javobgarlikka tortilishi haqida ma’lumotlar berib o‘tildi. Tadbir yakunida talabalar…

Continue ReadingJinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish mavzusida davra suhbatlari o‘tkazildi

Toshkentda Huawei kompaniyasining “Seeds for the Future 2022” taʼlim loyihasining yopilish marosimi boʻlib oʻtdi

  • Post category:Yangiliklar

23-noyabr kuni O‘zbekiston oliy o‘quv yurtlari talabalarini IT sohasida bilim va ko‘nikmalarni oshirish maqsadida sakkizinchi marotaba birlashtirgan "Seeds for the future" tanlovining yopilish marosimi bo‘lib o‘tdi. 14-21 noyabr kunlari O‘zbekistonning yettita oliy o‘quv yurti talabalari ilg‘or texnologiyalar va raqamli yechimlarning dunyo barqaror rivojlanishiga ta’sirini o‘rganishga qaratilgan har yili o‘tkaziladigan “Huawei Seeds for the Future 2022” o‘quv dasturida ishtirok etdi. Sakkiz kun davomida Huawei kompaniyasining xalqaro ekspertlari, shuningdek, hamkor tashkilotlar ekspertlari bilan ma’ruzalar, mahorat darslari, ochiq muhokamalar tashkil etildi. Loyiha gibrid formatda Huawei kompaniyasining Toshkentdagi ofisida shtab-kvartiradan jonli efir va texnologik ko‘rgazma zallariga virtual sayohatlar, shuningdek, yetakchilikni rivojlantirish, startaplarni ishga tushirish…

Continue ReadingToshkentda Huawei kompaniyasining “Seeds for the Future 2022” taʼlim loyihasining yopilish marosimi boʻlib oʻtdi

Italiyaga tashrif doirasida qator kelishuvlarga erishildi

  • Post category:Yangiliklar

Xabar berganimizdek, Toshkent shahridagi Turin Politexnika  universiteti rektori J.Sh. Inoyatxodjaev O’zbekiston delegatsiyasi tarkibida, avtomobilsozlik va boshqa sanoat sohalarida rivojlangan mamlakatlarda tatbiq qilingan eng zamonaviy texnologiyalardan foydalanish boʻyicha kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini tatbiq etish borasida keng qamrovli hamkorlik aloqalarinin o‘rnatish va kelishuvlarga erishish maqsadida hozirda Italiyada xizmat safarida. Xususan, kuni kecha Italiyaning Turin Politexnika universiteti bilan hamkorlikda “Sanoat ishlab chiqarish texnologiyalari” dual taʼlim yoʼnalishida “Sanoat 4.0” raqamli texnologiyalar, ilgʼor avtomatlashtirish, “Tejamkor ishlab chiqarish” boʼyicha texnik koʼnikmalarga ega boʼlgan kadrlarni 3 yillik oʼquv reja asosida tayyorlash boʼyicha kelishuvga erishildi. Unga ko‘ra, 2023-2024 oʼquv yilidan Toshkent shahridagi Turin…

Continue ReadingItaliyaga tashrif doirasida qator kelishuvlarga erishildi

TTPU da bayram tadbiri o‘tkazildi

  • Post category:Yangiliklar

Joriy yilning 17 noyabr kuni Toshkent shahridagi Turin Politexnika universitetida “Xalqaro talabalar kuni” hamda “18 noyabr - O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun” munosabati bilan bayram tadbiri o’tkazildi.Tadbirni universitet birinchi prorektori Alisher Ashurov ochib berib, talabalarni ushbu bayramlar bilan qutladi, ularning kelgusi ishlarida muvaffaqiyatlar tiladi. So‘ng “Yil talabasi-2022” ko‘rik tanlovida faol ishtirok etgan talabalarni tantanali taqdirlash marosimi o‘tkazildi.Universitet “Musiqa to‘garagi” qatnashchisi Shohruh Hasanov va uning rahbari Mansur Saparbaev tomonidan ijro etilgan musiqiy chiqishlar bayram qatnashchilariga bayramona kayfiyat ulashdi.Kuni kecha “Xalqaro talabalar kuni” munosabati bilan bo‘lib o‘tgan sport musobaqalari g‘oliblarini taqdirlash marosimi ham o‘tkazildi.Bayramning ikkinchi qismi O’zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i…

Continue ReadingTTPU da bayram tadbiri o‘tkazildi

TTPU rektorining Italiyaga xizmat safari.

  • Post category:Yangiliklar

Italiya Respublikasidagi oliy ta’lim, jumladan, doktorantura bosqichida sifatni ta’minlash tajribasini o‘rganish, ikki mamlakat oliygohlari o‘rtasida ilm-fan, ta’lim sohalarida keng qamrovli hamkorlik aloqalarini o‘rnatish va kelishuvga erishish maqsadida, Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti rektori J.Sh.Inoyatxodjayev, O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasi tarkibida 2022 yilning 16 noyabr sanasidan 23 noyabr sanasiga qadar xizmat safari bilan Italiyaga jo‘nab ketadi.

Continue ReadingTTPU rektorining Italiyaga xizmat safari.

Oʻzbekistonda sakkizinchi bor Huawei kompaniyasining “Seeds for the Future” taʼlim loyihasiga start berildi

  • Post category:Yangiliklar

2022-yil 14-noyabr kuni Oʻzbekiston talabalari uchun Huawei kompaniyasining hisob boʻyicha sakkizinchi “Seeds for the Future”  taʼlim loyihasini ishga tushirish marosimi boʻlib oʻtdi. Marosim Toshkent axborot texnologiyalari universitetida (TATU) Oʻzbekistondagi yettita oliy oʻquv yurti talabalari va rahbariyati vakillari ishtirokida boʻlib oʻtdi. “Seeds for the Future” dasturi butun dunyo boʻylab 137 ta mamlakat va mintaqadan 500 ta universitet talabalarini birlashtirgan yetakchi taʼlim loyihasi hisoblanadi. Shu kunga qadar dastur doirasida 12 000 nafar eng yaxshi talaba amaliyot oʻtadi, Huawei kompaniyasining Xitoydagi bosh qarorgohiga tashrif buyurgan ishtirokchilar hamda 2020 va 2021-yillar loyihalari onlayn ishtirokchilari ham shular jumlasidan. 2022-yil 14-noyabr kuni Oʻzbekistonda talabalarga AKT texnologiyalari…

Continue ReadingOʻzbekistonda sakkizinchi bor Huawei kompaniyasining “Seeds for the Future” taʼlim loyihasiga start berildi

“Yashil makon”: ko’chat ekish ishlari davom etmoqda…

Toshkent shahridagi Turin Politexnika universitetida “Yashil makon” umummilliy loyihasi “Dolzarb 40 kunlik” tadbirlari doirasida ko‘chat ekish ishlari qizg‘in davom etmoqda.Universitet jamoasi bahamjihat va ko‘tarinki kayfiyatda ishtirok etayotgan ushbu tadbir doirasida TTPU xududi bo‘ylab mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari ekildi.

Continue Reading“Yashil makon”: ko’chat ekish ishlari davom etmoqda…

Yashil makon: TTPUda “Dolzarb 40 kunlik” tadbirlari boshlandi

  • Post category:Yangiliklar

Ayni kunlarda Toshkent shahridagi Turin Politexnika universitetida "Yashil makon" umummilliy loyihasi izchil amalga oshirilmoqda. Ushbu loyiha doirasida e’lon qilingan «Dolzarb 40 kunlik» tadbirda ko’chat ekish, yashil maydonlarni barpo qilish bo'yicha ishlar boshlab yuborildi. Jumladan kuni-kecha universitet hududiga 100 dan ortiq manzarali daraxt va buta ko‘chatlari o‘tkazildi.Ekilgan ushbu koʼchatlar endilikda mineral va organik oʼgʼitlar bilan oziqlantirilib, zararkunandalardan himoya qilib boriladi. Dolzarb 40 kunlik» tadbir doirasida universitetda faoliyat yurituvchi har bir xodim obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlariga bahamjihat va ko'tarinki kayfiyatda yondoshmoqda.

Continue ReadingYashil makon: TTPUda “Dolzarb 40 kunlik” tadbirlari boshlandi

Jaholatga qarshi ma’rifat

  • Post category:Yangiliklar

Joriy yilning 4 noyabr kuni, Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universiteti “Conference Hall” zalida “Jaholatga qarshi maʼrifat” mavzusida davra suxbati bo‘lib o‘tdi. Tadbirni universitet rektori J.Sh.Inoyatxodjaev ochib berib, bugungi kunda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, yoshlar uchun yaratilayotgan sharoit va imkoniyatlar, ta’lim va tarbiyaga to‘g‘ri yondashish zaruratini ta’kidlab, so‘zni O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi vakili J.V.Meliqo‘ziyevga berdi. Uchrashuvda so‘zga chiqqan J.V.Meliqo‘ziyev tomonidan mamlakatimizda olib borilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy, diniy sohadagi islohotlar, qolaversa, islom dinining insonparvarlik, tinchlik, bag‘rikenglik kabi oliyjanob ta’limotlari hamda internet va ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqalayotgan mafkuraviy xatarlar va ularni oldini olish masalalari kabi dolzarb mavzularda ma’ruza qildi. Shuningdek, bugungi…

Continue ReadingJaholatga qarshi ma’rifat

TTPUda «Yil talabasi» Respublika tanlovining universitet bosqichi bo’lib o’tdi

  • Post category:Yangiliklar

Joriy yilning 1-noyabr kuni, Toshkent shahridagi Turin Politexnika universitetida “Yil talabasi-2022” Respublika tanlovining universitet bosqichi o‘tkazildi. Dastlab, universitet rektori J.Sh. Inoyatxodjayev oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida an’anaviy ravishda “Yil talabasi” Respublika tanlovini yuqori saviyada o’tkazilishi, ushbu tanlov maqsadi va ahamiyati to‘g‘risida so‘z yuritib , barcha ishtirokchilarga omad tiladi.    So‘ng esa, tanlovda ishtirok etayotgan universitet iqtidorli talabalari nominatsiyalar bo‘yicha qatnashib, o‘z ishlari, erishgan yutuqlari, g‘oyalari yuzasidan bir-biridan qiziq taqdimotlar qildilar. Hay'at a'zolari talabalarning taqdimotlari yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirib, ular tomonidan qilingan ishlarni yanada takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar berildi. Hay'at a'zolari tomonidan ishtirokchilarning ishlari ko‘rib chiqilib“Yil talabasi” tanlovining Respublika bosqichida qatnashish…

Continue ReadingTTPUda «Yil talabasi» Respublika tanlovining universitet bosqichi bo’lib o’tdi

Toshkent shahridagi Juventus akademiyasi o’zining ilk qaldirg‘ochlarini turnirga jo‘natdi.

  • Post category:Yangiliklar

Turkiyaning Antaliya shahrida bolalar o‘rtasida futbol bo‘yicha "Antalya Friendship Cup" xalqaro turniriga start berildi.30 oktabrdan 4 noyabrgacha bo‘lib o‘tadigan mazkur turnirda 20 ta davlatdan 30 dan ortiq jamoa ishtirok etishi kutilmoqda.Ilk bor Juventus futbol akademiyasining 12 yoshgacha bo‘lgan jamoasi ham ushbu turnirda qatnashish uchun Antaliya shahriga uchib ketdi.

Continue ReadingToshkent shahridagi Juventus akademiyasi o’zining ilk qaldirg‘ochlarini turnirga jo‘natdi.

TTPU da radioefirga start berildi

  • Post category:Yangiliklar

2022 yil 21 oktabr kuni o‘zbek tili bayrami munosabati bilan, universitet talabalari tashabbusi bilan TTPUda “Nazm va navo” nomli radio efirinining birinchi soniga start berildi.Efir davomida o’zbek tilining tarixi, uning rivoji uchun hissa qo’shgan buyuk arboblarimiz Alisher Navoiyning „Muhokamat-ul-lug‘atayn“, Zahiriddin Muhammad Boburning “Boburnoma”, Muhammad Solihning “Shayboniynoma”, Gulxaniyning “Zarbulmasal”, Fazliyning “Majmuatush shuaro” kabi asarlari, shuningdek zamonamiz o’zbek adabiyoti durdonalaridan na’munalar (she’r va g’azallar) talabalar va ustoz-murabbiylar tomonidan ifodali o’qib berildi.Shuningdek, musiqa to’garagi rahbari Mansur Saparbaev tomonidan o’zbek mumtoz kuy-qo’shiqlari va universitetga bag’ishlangan qo’shiqlar ijro etildi.Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, O’zbek tili va umuman olganda til haqida qancha gapirsak ham oz. Haqiqatan,…

Continue ReadingTTPU da radioefirga start berildi

BITIRUVCHILAR FORUMI 2022

  • Post category:Yangiliklar

Joriy yilning 15-oktabrda TTPUda har yili o’tkaziladigan “Bitiruvchilar forumi” boʻlib oʻtdi. Forum Italiyaning Turin Politexnika Universiteti, Toshkentdagi Turin politexnika universiteti va Italiyaning O‘zbekiston yoshlari uyushmasi bilan hamkorlikda tashkil etildi. Forumning asosiy maqsadi universitet talabalari, bitiruvchilari va professor-o‘qituvchilari o‘rtasida ko‘prik (aloqa) o‘rnatishdan iborat. Forumda bitiruvchilarning erishgan yutuqlari, ular hayotida universitetning o‘rni, maqsadlariga erishish yo‘llari, Italiyadagi hayoti va o‘qishi hamda boshqa ko‘plab mavzular yuzasidan ochiq suhbat o‘tkazildi. TTPU rektori, texnika fanlari doktori J.Sh.Inoyatxo‘jaev tabrik so‘zi bilan tadbirni ochib berdi. Italiyalik professorlar: O’zbek taʼlim loyihasi bo’yicha menejer -Anita Tobacco, Xitoy va Osiyo mamlakatlari bilan xalqaro aloqalar boʻyicha mas’ul - Mishel Bonino, bitiruvchi va…

Continue ReadingBITIRUVCHILAR FORUMI 2022

Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universitetida “Toshkent-barqaror shahar” nomli seminar bo‘lib o‘tdi.

  • Post category:Yangiliklar

Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida Italiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi ko‘magida “TASHKENT-SUSTAINABLE CITY” (TOSHKENT-BARQAROR SHAHAR”) mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi Seminarning maqsadi - kuchli urbanizatsiya jarayoniga qaramay, barqaror shahar qonuniyatlariga rioya qilgan holda rivojlanayotgan Toshkent shahriga mobillik dizayni va yechimlari bo‘yicha Italiya tajribasi bilan tanishish imkoniyatini taqdim etishdan iborat bo‘ldi. Shuningdek seminarda zamonaviy shahardagi transport va piyodalar logistikasi ham muhokama qilindi. Ma’ruzachilar o‘z bilimlar va tajribalari bilan bo‘lishib, murakkab muammolarni samarali hal etish uchun zarur bo‘lgan arxitektura-muhandislik yechimlari, shahar logistikasi va innovatsion texnologiyalarga oid masalalarni muhokama qildilar. Mazkur tadbirni tabrik nutqi bilan Italiyaning O‘zbekistondagi elchisi E.P. Agostina Pinna, Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti…

Continue ReadingToshkent shahridagi Turin Politexnika Universitetida “Toshkent-barqaror shahar” nomli seminar bo‘lib o‘tdi.