TTPU rektori va birinchi kurs talabalari o’rtasida uchrashuv bo’lib o’tdi

  • Post category:Yangiliklar

Joriy yilning 2-dekabr kuni Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida Universitet rektori Olimjon To'ychiyev hamda birinchi bosqich talabalari ishtirokida uchrashuv o'tkazildi. 🗄Unda, TTPU rektori tomonidan talabalarga yangi o'quv yilida ta'lim jarayoniga kiritilgan yangiliklar, talabalar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, xususan, "Universitet bali" tizimi va universitetda tashkil etilgan yangi "Coworking Space" haqida batafsil ma'lumot berildi. Uchrashuv yakunida talabalar o'zlarining qiziqtirgan savollariga atroflicha javob olish imkoniyatiga ega bo'ldilar.

Continue ReadingTTPU rektori va birinchi kurs talabalari o’rtasida uchrashuv bo’lib o’tdi

TTPU akademik litseyida Universitet professor-o‘qituvchilarining ochiq darslari bo’lib o’tmoqda

  • Post category:Yangiliklar

Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti Arxitektura va qurilish kafedrasi dotsentlari, falsafa doktori A.Azamatov, texnika fanlari nomzodi E.Xaltursunov hamda Tabiiy va matematik fanlar kafedrasi v.v.b. dotsenti O‘.Safarov universitetning akademik litseyi o‘quvchilari uchun o‘z fanlari bo‘yicha master-klass darslarini o‘tkazdilar. Ushbu darslar davomida ular o‘z ilmiy tajriba va bilimlari bilan o‘rtoqlashib, mavzularni oddiy va tushunarli tarzda yetkazib berdilar. Darslar yakunida professor-o‘qituvchilar va o‘quvchilar o‘rtasida muloqot tashkil etilib, o‘quvchilarning fikr va mulohazalari tinglandi. Shuningdek, kelgusida bilimlarni yanada mustahkamlash uchun qimmatli tavsiyalar berildi.

Continue ReadingTTPU akademik litseyida Universitet professor-o‘qituvchilarining ochiq darslari bo’lib o’tmoqda

TTPU TALABALARI DIQQATIGA!

  • Post category:E'lonlar

Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti "Al-Xorazmiy haykalini "3D projection mapping" texnologiyasi orqali jonlantirish loyihasi"ni e’lon qiladi! Mazkur loyiha, Al-Xorazmiy haykaliga maxsus texnologik usul yordamida animatsion video tasvirini proyektor yordamida proyeksiyalash orqali amalga oshiriladi. Bu nafaqat texnologik yangilikni o‘rganishga yordam beradi, balki ijodiy fikrlashni rivojlantirishga xizmat qiladi. Loyiha g‘olibi Universitetning 10 ballik sertifikati bilan taqdirlanadi! Loyida ishtirok etish uchun quyidagi havola orqali ariza qoldiring:Link Ariza topshirish muddati: 30.11.2024 Qo‘shimcha ma’lumot olish uchun: +998 (90) 330-55-00

Continue ReadingTTPU TALABALARI DIQQATIGA!

IT SKILLS vakili va TTPU talabalari o’rtasida uchrashuv bo’lib o’tdi

  • Post category:Yangiliklar

Joriy yilning 29-noyabr kuni Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida ITIC kompaniyasi vakili hamda universitet talabalari ishtirokida uchrashuv bo'lib o'tdi. Unda kompaniya tomonidan ishlab chiqilgan IT Skills platformasining imkoniyatlari shuningdek, global IT bozoriga innovatsion yondashuv orqali oson kirib borish hamda milliy va xalqaro kompaniyalarda ishlash haqida batafsil ma'lumot berib o'tildi. Tadbir davomida ishtirokchilar platforma testlaridan sinab ko'rish imkoniyatiga ega bo‘lib, dasturlash bo‘yicha o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazdilar.

Continue ReadingIT SKILLS vakili va TTPU talabalari o’rtasida uchrashuv bo’lib o’tdi

TTPU talabalari uchun yangi imkoniyat!

  • Post category:E'lonlar

2024/2025 o'quv yilidan quyidagi yo'nalishlar uchun Toshkent shahridagi Turin poltexnika universitetining "Universitet ballari" tizimi joriy etildi: Bakalavriat yo‘nalishlari bo'yicha:Dasturiy ta’minot muhandisligiArxitektura va dizaynBiznes boshqaruvi - MenejmentAvtomobil muhandisligiAviatsiya muhandisligi Magistratura bo'yicha:“Axborot va aloqa muhandisligi”“Madaniy meros obyektlarini restavratsiya va konservatsiya qilish”“Biznes boshqaruvi magistri - MBA” ⏺Mazkur tizim talabalarning ta'lim muassasasi rivoji uchun qo'shgan hissasi va Universitet tomonidan e'lon qilingan turli loyihalardagi faolligini munosib baholash uchun yo‘lga qo‘yilgan bo'lib, endilikda TTPU talabalari 1 balldan 10 ballgacha bo‘lgan sertifikat bilan e’tirof etilishi mumkin. ✅ Ushbu to'plangan ballarni talaba ma'lum bir fandagi o‘zlashtirish ko‘rsatkichiga qo‘shishi mumkin. Batafsil ma'lumot

Continue ReadingTTPU talabalari uchun yangi imkoniyat!

Aziz yoshlar, endi o‘z iqtidorlaringizni namoyish qilish vaqti keldi!

  • Post category:E'lonlar

Joriy yilning 28-noyabr kuni Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida IT Skills.uz platformasi taqdimoti bo'lib o'tadi. ITSkills - bilim va amaliy ko'nikmalarni real vaqtda baholagan (Real-time coding challenge) holga, iqtidorli yoshlarni kelajakda ish bilan ta'minlab berishga mo'ljallangan platforma. Bilimingizga ishonasizmi? Unda taqdimotda platforma testlaridan o'tib ko'ring. Sana va vaqti: 28-noyabr, soat 14:30 Joy: TTPU, Yellow hall Tadbir davomida eng faol va iqtidorli talabalar ITIC sovg'alariga ega bo'ladilar!

Continue ReadingAziz yoshlar, endi o‘z iqtidorlaringizni namoyish qilish vaqti keldi!

TTPU talabalari sunʼiy intellekt bo’yicha o’tkazilgan yirik xakaton g’olibi bo’ldi!

  • Post category:Yangiliklar

Toshkent shahridagi Central Asian University’da “AI EVOLUTION 2024” konferensiyasi o‘tkazildi. Tadbirda Wikipedia asoschisi va dunyoning eng nufuzli shaxslaridan biri Jimmy Wales, sun’iy intellekt bo‘yicha 14 yildan ortiq tajribaga ega ekspert Zack Kass va boshqa sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalar sohasidagi yetakchi mutaxassislar ishtirok etdi. Konferensiyada sun’iy intellektni biznes va boshqa sohalarda qo‘llash strategiyalari haqida qiziqarli ma’lumotlar berilib, texnologiyalar kelajagi bilan bog‘liq yangi g‘oyalar va innovatsion yechimlar, xususan, sun’iy intellekt va blokcheynning imkoniyatlari haqida fikr almashildi. Shuningdek, tadbir doirasida bo'lib o'tgan IT-xakaton final bosqichi, tadbirning eng yorqin lahzasiga aylandi. Final natijalariga ko'ra, Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti talabalari g'olib deya topilib,…

Continue ReadingTTPU talabalari sunʼiy intellekt bo’yicha o’tkazilgan yirik xakaton g’olibi bo’ldi!

Uskunalar xarid qilish bo’yicha TENDER E’LON QILINADI

  • Post category:Tender_uz

Loyiha: Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti (TTPU) va Italiya savdo agentligi (ITA) o‘rtasida “Italy-Uzbekistan Training and Technology Center” loyihasini amalga oshirish bo‘yicha hamkorlik o'rnatildi. Ushbu loyihani amalga oshirishning asosiy maqsadi Italiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi savdo aloqalarini mustahkamlash va yanada rivojlantirish. Italiyaning to‘qimachilik, poyabzal va metallga ishlov berish sohalarida Italiya texnologiyalarining eksport qilishdagi rolini faollashtirishdan iborat. Italiya Savdo Agentligi (ITA) tomonidan moliyalashtirilgan “Italiya-O‘zbekiston o‘quv-texnologiya markazi” loyihasi doirasida uskunalar xarid qilish bo‘yicha tanlov e’lon qilamiz. Kim uchun: Italiyaning toʻqimachilik, poyabzal va metallga ishlov berish sohalarida xizmat koʻrsatuvchi korxonalari tenderda ishtirok etish imkoniyati mavjud. Topshirish muddati: Arizalarni topshirishning so'nggi muddati Italiya vaqti bilan…

Continue ReadingUskunalar xarid qilish bo’yicha TENDER E’LON QILINADI

Shaxmat ixlosmandlari va matematikaga qiziquvchi yoshlar diqqatiga!

  • Post category:E'lonlar

Joriy yilning 30-noyabr kuni Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida shaxmat sporti bo'yicha turnir va matematika fanidan olimpiada o'tkaziladi. Shaxmat musobaqasida, ishtirokchilar xalqaro toifadagi grossmeyster, TTPU talabasi Nodirbek Abdusattorovga qarshi shaxmat donalarini surish imkoniyatiga ega bo'lishadi. Matematika olimpiadasi Testbor.uz platformasida o'tkazilib, sun'iy intellekt tomonidan umumiy o'rta ta'limning o'quv dasturi asosida tuzilgan qiziqarli savollarni o'z ichiga oladi. Tadbir doirasida maktabning matematika va fizika fani o'qituvchilari uchun o'quvchilarning fanlardagi o'zlashtirish darajasini monitoring qilib boruvchi yangi platforma - Testbor.uz ning taqdimoti bo'lib o'tadi. Sana va vaqti: 30-noyabr, soat 10:00 Joy: TTPU, Axborot resurs markazi

Continue ReadingShaxmat ixlosmandlari va matematikaga qiziquvchi yoshlar diqqatiga!

TTPU talabalari uchun IT Park ijrochi direktori ochiq muloqot o’tkazdi

  • Post category:Yangiliklar

Joriy yilning 27-noyabr kuni Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida IT Park O‘zbekistonning ijrochi direktori Abdulahad Kuchkarov ishtirokida ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi. Tadbir avvalida, mehmon uchun TTPU rektori O.To‘ychiyev tomonidan universitet bo‘ylab ekskursiya tashkil etilib, Universitet faoliyati, talabalar uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar, professor-o‘qituvchilarning ilmiy izlanishlari hamda talaba-yoshlar tomonidan amalga oshirilayotgan innovatsion loyihalar bilan tanishtirildi. 🔺Ochiq muloqot davomida A.Kuchkarov talaba-yoshlar bilan IT sohasida faoliyatni boshlash uchun zarur bo‘lgan ko‘nikmalar va ularni rivojlantirish usullari, IT Park tomonidan startaplarni qo‘llab-quvvatlash dasturlari, investorlarni topish hamda loyihalar uchun mablag‘ jalb qilish bo‘yicha samarali usullar, shuningdek, O‘zbekistonning IT sektoridagi imkoniyatlar va istiqbollar haqida batafsil so'z yuritib, o'zining qimmatli…

Continue ReadingTTPU talabalari uchun IT Park ijrochi direktori ochiq muloqot o’tkazdi

TTPU delegatsiyasi Ispaniyada barqaror transport bo‘yicha treningda ishtirok etdi

  • Post category:Yangiliklar

2024-yilning 19–21-noyabr kunlari Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti (TTPU) rektori To'ychiyev O.A. boshchiligidagi TTPU professor-o’qituvchilaridan iborat delegatsiya Ispaniyaning Madrid shahridagi Madrid Politexnika Universitetida o‘tkazilgan "Yashil bitim doirasida barqaror transport" mavzusidagi muhim treningda ishtirok etdi. Tadbir barqaror transport bo‘yicha innovatsion yechimlarni rivojlantirishga qaratilgan bo‘lib, unda ekspertlar, olimlar va soha mutaxassislari qatnashdi. Trening Madrid Politexnika Universitetining mashhur avtomobil tadqiqot instituti Universitet avtomobil tadqiqotlari institutiga (INSIA) tashrif bilan boshlandi. U yerda delegatsiya transport texnologiyalari bo‘yicha eng yangi yutuqlar bilan tanishishdi. Shuningdek, TTPU vakillari Madrid Politexnika Universitetining Telekommunikatsiya muhandisligi fakultetiga tashrif buyurilib, barqaror yechimlar bo‘yicha olib borilayotgan ishlanmalar haqida batafsil ma’lumotga ega bo‘ldilar. Ikkinchi…

Continue ReadingTTPU delegatsiyasi Ispaniyada barqaror transport bo‘yicha treningda ishtirok etdi

Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti talabalari uchun Toshkent shahrida joylashgan “UzAuto Motors Powertrain” MCHJ korxonasiga ekskursiya tashkillashtirildi.

  • Post category:Yangiliklar

Talaba yoshlarni ishlab chiqarish jarayoni bilan yaqindan tanishtirish hamda ta'lim va sanoat integratsiyasini samarali yo‘lga qo‘yish maqsadida tashkil etilgan mazkur tadbirda, korxona vakillari tomonidan korxona faoliyati, tarixi va ishga joylashish tartibi bo‘yicha taqdimotlar namoyish qilindi. Talabalar zavodning payvandlash va yig‘ish bo‘limlari, korxona faoliyati davomida ishlab chiqarilib, ko‘rgazmaga qo‘yilgan ixchamgina dvigatellar muzeyi hamda atvomobil dvigatellari qay tartibda ishlab chiqarilishining to‘liq jarayonini ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Ekskursiya yakunida esa barcha tashrif buyurganlarga korxona tomonidan esdalik sovg‘alari taqdim etildi.

Continue ReadingToshkent shahridagi Turin politexnika universiteti talabalari uchun Toshkent shahrida joylashgan “UzAuto Motors Powertrain” MCHJ korxonasiga ekskursiya tashkillashtirildi.

TTPU vakillari Erasmus+ DEBSEUz loyihasi doirasida tashkil etilgan seminar treningda ishtirok etdi

  • Post category:Yangiliklar

2024-yil 18-22-noyabr kunlari tashkil etilgan mazkur tadbir davomida Portugaliyaning Evora universitetida tajribali professor-o'qituvchilar va sanoat mutaxassislarining quyosh energiya tizimlariga bag'ishlangan bir qator ma'ruzalari tinglandi va muhandislik korxonalariga tashrif amalga oshirildi. Shuningdek, hamkorlik doirasida Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti va Evora Universiteti o'rtasida anglashuv Memorandumi imzolandi. Ushbu memorandum o'zaro aloqalarni mustahkamlash, xususan, qayta tiklanuvchi energiya manbaalarini rivojlantirish bo'yicha kelajakdagi qo'shma tashabbuslarni amalga oshirishga zamin yaratadi.

Continue ReadingTTPU vakillari Erasmus+ DEBSEUz loyihasi doirasida tashkil etilgan seminar treningda ishtirok etdi

TTPUda energetika sohasidagi ekspertlar maʼruzalari boʻlib oʻtdi

  • Post category:Yangiliklar

Joriy yilning 20-noyabr kuni Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida Oʻzbekiston va Yevropa Ittifoqi “Barqaror energetika Kunlari” doirasida energetika sohasidagi ekspertlar maʼruzalari boʻlib oʻtdi. Joriy yilning 20-noyabr kuni Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida Oʻzbekiston va Yevropa Ittifoqi “Barqaror energetika Kunlari” doirasida energetika sohasidagi ekspertlar maʼruzalari boʻlib oʻtdi.Tadbir avvalida, mehmonlar uchun TTPU boʻylab tur tashkil etilib, Universitet faoliyati, xususan professor-oʻqituvchilar ilmiy tadiqqotlari va talabalar ishlanmalari bilan yaqindan tanishtirildi. Tadbirda Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti, Toshkent arxitektura-qurilish universiteti, Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti, Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti hamda Toshkent kimyo-texnologiya instituti talabalari va professor-oʻqituvchilari ishtirokida o'tkazilgan mazkur…

Continue ReadingTTPUda energetika sohasidagi ekspertlar maʼruzalari boʻlib oʻtdi

TTPUda Erasmus+ loyihasi doirasida Malaka oshirish va qayta tayyorlash markazi ishga tushirildi

  • Post category:Yangiliklar

Toshkent shahridagi Turin politexnika Universiteti (TTPU) Erasmus+ I2PLEDGE loyihasi doirasida Malaka oshirish va qayta tayyorlash markazi o‘z ishini boshladi. Mazkur markaz TTPUning Maxsus Laboratoriyasida joylashgan va uning barcha infratuzilmasi va imkoniyatlaridan foydalanadi. Markazda o‘zining ilmiy-amaliy tajribalarini oshirishni maqsad qilgan professor-o‘qituvchilar va mutaxassislar uchun zamonaviy treninglarni tashkil etilmoqda, xususan Mexanika va Aerokosmik muhandislik, Avtomatik boshqaruv, shuningdek Kompyuter muhandisligi kafedralarining 10 nafar professor-o‘qituvchilari Biotibbiyot muhandisligi yo‘nalishidagi treningda ishtirok etib, o'zlarining ilmiy va amaliy tajribalarini oshirmoqdalar.Bundan tashqari, markaz sog‘liqni saqlash, biotibbiyot va diagnostika sohalarida faoliyat yuritayotgan hodimlarga o’z malaka darajasini oshirish imkonini beruvchi kasbiy rivojlanish kurslarini taklif etmoqda. Ushbu kurslar nafaqat zamonaviy texnologiyalarni,…

Continue ReadingTTPUda Erasmus+ loyihasi doirasida Malaka oshirish va qayta tayyorlash markazi ishga tushirildi

TTPUda iqlim innovatsiyalari haqida ma’ruza bo’lib o’tdi

  • Post category:Yangiliklar

Joriy yilning 28-oktabr kuni Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetiga Nobel mukofoti laureati Rae Kwon Chung tashrif buyurdi. Tashrif doirasida universitet faoliyati haqida ma’lumot berilib, universitet talabalari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlanmalar bilan tanishtirildi. Shuningdek, TTPU talabalari uchun mehmon maruzasi bo’lib o’tdi. Unda Rae Kwon Chung ushbu tabiat hodisasining global muammolari, uning sabablari va oqibatlari to’g’risida batafsil ma’lumot berib, oʻzining iqlim oʻzgarishi haqidagi bilim va tajribasi bilan oʻrtoqlashdi. Maʼruza davomida u energiya samaradorligi, qayta tiklanuvchi energiya manbalari va atrof-muhitni muhofaza qilishning ahamiyati haqidagi nutqi talabalarni iqlim oʻzgarishi bilan bogʻliq dolzarb masalalar haqida chuqur fikr yuritishga sabab bo'ldi. Tadbir yakunida talabalar mavzuga doir…

Continue ReadingTTPUda iqlim innovatsiyalari haqida ma’ruza bo’lib o’tdi

Ozarbayjon Texnika Universiteti delegatsiyasi tashrif buyurdi

  • Post category:Yangiliklar

Joriy yilning 28-oktabr kuni Ozarbayjon Texnika Universiteti rektori Vilayat Valiev rahbarligidagi delegatsiya Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetiga tashrif buyurdi. Tashrif doirasida mehmonlar uchun Universitet infrastrukturasi, talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda talabalar yutuqlari tanishtirilib, uchrashuv tashkil etildi. Unda akademik hamkorlik, talabalar almashinuvi dasturlarini amalga oshirish, qo‘shma ilmiy loyihalarni ishlab chiqish kabi masalalar muhokama qilinib, ushbu yo'nalishlarda ikki tomonlama hamkorlikni yo'lga qo'yish bo'yicha o'zaro hamkorlik Memorandumi imzolandi.

Continue ReadingOzarbayjon Texnika Universiteti delegatsiyasi tashrif buyurdi

TTPU talabalari BYD zavodida

  • Post category:Yangiliklar

Joriy yilning 25-oktabr kuni Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti talabalari, akademik litsey, "Sehriyo" maktabi va Al-Beruniy International school o'quvchilari uchun Jizzax viloyatidagi "BYD Uzbekistan Factory" MChJ qo'shma korxonasiga ekskursiya tashkil etildi. Talaba yoshlarni ishlab chiqarish jarayoni bilan yaqindan tanishtirish hamda ta'lim va sanoat integratsiyasini samarali yo'lga qo'yish maqsadida tashkil etilgan mazkur tadbirda qo'shma korxona vakillari tomonidan korxona faoliyati, tarixi, bino quvvati yuzasidan taqdimot ma'ruzalari qilindi. So'ngra, talabalar zavodning payvandlash, bo'yoqlash va yig‘ish bo'limlariga tashrif buyurib, eletromobillarni ishlab chiqarishning to‘liq jarayonini ko‘rish imkoniyatiga ega bo'ldilar.

Continue ReadingTTPU talabalari BYD zavodida

TTPU rektori va Koreya milliy transport universiteti vakili ishtirokida uchrashuv bo’lib o’tdi

  • Post category:Yangiliklar

Joriy yilning 22-oktabr kuni Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti rektori Olimjon To'ychiyev va Koreya milliy transport universiteti (KNUT) dekani Professor Ryumduk Oh ishtirokida uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuv davomida istiqboldagi rejalar, O'zbekistonda sun'iy intellekt va yashil iqtisodiyot sohalarini rivojlantirishga qaratilgan qo'shma loyihalar muhokama qilindi. Tadbir yakunida ta'lim jarayoniga sun'iy intellektni joriy etish, ushbu yo'nalish bo'yicha qo'shimcha seminar treninglar, maktab va akademik litsey o'quvchilari hamda o'qituvchilari uchun koreyalik professor-o'qituvchilar tomonidan o'quv kurslarini hamkorlikda olib borish bo'yicha kelishuvlarga erishildi.

Continue ReadingTTPU rektori va Koreya milliy transport universiteti vakili ishtirokida uchrashuv bo’lib o’tdi

TTPU talabalarining ishlanmalari xalqaro musobaqalarda

  • Post category:Yangiliklar

Joriy yilning 16-19-oktabr kunlari Turkiyaning Erzurum shahrida Turkiya Respublikasi Milliy ta'lim vazirligi 16-Xalqaro robotlar musobaqasi (MEB robot yarışması) bo'lib o'tmoqda. Tadbirda 17 davlatdan 80 ta jamoa, shu jumladan Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti "Cosmos Innovation" jamoasi o'zining "Body Tester" nomli (birinchi o'zbek robo doktori) innovatsion loyihasi bilan Mustaqil loyiha (Serbest Proje) yo'nalishi bo'yicha ishtirok etmoqda. Turkiyalik hakam va mutaxassislar jamoa asoschisi Asadbek Urunov tomonidan taqdimot qilinayotgan mazkur ishlanmaga katta qiziqish bildirmoqda.

Continue ReadingTTPU talabalarining ishlanmalari xalqaro musobaqalarda