Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti “I2-PLEDGE” yangi xalqaro ta’lim loyihasida ishtirok etmoqda.
Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universiteti (TTPU) “I2-PLEDGE: Biotibbiyot muhandisligi bo'yicha innovatsion va fanlararo dasturlarni O'zbekistondagi talabalarning ishga joylashishi uchun raqamli o'sish dasturidan foydalanish” deb nomlangan yangi xalqaro ta’lim loyihasi doirasida Yevropa va O‘zbekistonning bir qancha boshqa universitetlari bilan hamkorlikni yo’lga qo’ydi. Loyihaning boshlang‘ich yig‘ilishi 2023-yil 29-30-mart kunlari Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetida bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda Yevropa Ittifoqi, Erasmus+ Milliy ofisi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Yevropa va O‘zbekistondagi hamkor universitetlar vakillari ishtirok etdi. "I2-PLEDGE" loyihasi talabalarga biotibbiyot muhandisligi bo'yicha innovatsion va fanlararo dasturlarni taqdim etishdan iborat bo'lib, ularning O'zbekistonda ish bilan ta'minlanishi uchun raqamli o'sish dasturidan…