Toshkent shahridagi Turin Politexnika universiteti rektori Jamshid Inoyatxodjayev “Italiya – O‘zbekiston” biznes-forumida ishtirok etdi.
Davlatimiz rahbarining 2023 yil 8-9 iyun kunlari Italiya Respublikasiga tashrifi arafasida bo‘lib o‘tgan biznes-forum doirasida Italiyaning “Politecnico di Torino” universiteti va uning “CIM 4.0” tarmog‘i bilan hamkorlikda Avtomobilsozlik sanoatida ishlab chiqarishdagi yo‘qotishlarni oldini olish, samaradorlikni oshirish hamda sohadagi kadrlarda sanoatda zamonaviy texnologiyalardan foydalanish bo‘yicha bilim va qo‘nikmalarini oshirish maqsadida “UzAuto Motors” AJ hududida “UzAvto akademiyasi”ni hamda Andijon viloyatida “Sanoat 4.0 akademiyasi”ni tashkil etish bo‘yicha umumiy qiymati 1 mln. yevro bo‘lgan hamkorlik shartnomasi imzolandi. “UzAvto akademiyasi” ning asosiy faoliyat yo‘nalishi avtomobilsozlik sohasida faoliyat yurituvchi hodimlarga Yevropa dasturlari asosida sifat nazorati, logistika, ishlab chiqarish nazorati, texnik xizmat ko‘rsatish, haridlar, tannarx tahlili, savdo…