Italiya universitetlari bilan hamkorlikda Biotibbiyot muhandisligi yo‘nalishi modernizatsiya qilinadi
Shu kunlarda Oʼzbekiston Respublikasida Jahon banki tomonidan moliyalashtirilgan “Oliy taʼlim muassasalarning moddiy texnika bazasini mustaxkamlash” loyihasi doirasida hamda Italiya Respublikasi Oliy oʼquv yurtlari bilan hamkorlik dasturlarini ishlab chiqish maqsadida Oliy va oʼrta maxsus taʼlim vazirining fan va innovatsiyalar boʼyicha oʼrinbosari R.Hakimov boshchiligidagi ishchi guruhi Italiyada xizmat safarini amalga oshirmoqda. Kuni kecha Rim shahrida Barqaror rivojlantirish uchun universitetlararo tadqiqot markazi (CIRPS) vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.Unda Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida CIRPS bilan hamkorlikda “Tibbiy uskunalarga xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash texnoparki”ni tashkil etish va texnoparkni ilg‘or tibbiyot asbob-uskunalariga xizmat ko‘rsatish yo‘nalishidagi laboratoriya jihozlari bilan ta’minlash masalasi muhokama qilinib, uch tomonlama shartnoma…