“Mexatronika va Robototexnika” yo’nalishini modernizatsiya qilish bo’yicha xalqaro loyiha
O'quv va ilmiy ishlarning sifatini oshirish, xorijiy mamlakatlar, xususan Evropa mamlakatlarining tajribasini o'rganish va o'quv jarayoniga tatbiq etish maqsadida Toshkentdagi Turin politexnika universiteti ko'plab tadbirlarni amalga oshirmoqda. "MechaUZ: Innovatsion g'oyalar va raqamli texnologiyalar orqali O'zbekistonda bakalavr darajasi uchun mexatronika va robototexnika yo’nalishining modernizatsiyasi" xalqaro loyihasi ham Evropa Ittifoqining Erasmus + dasturining 609564-EPP-1-2019-1-EL-EPPKA2-SBHE-JP grant shartnomasi asosida universitet tomonidan amalga oshirilayotgan faoliyatdir. Zamonaviy talablar va takliflarga javob beradigan, zamonaviy o'quv dasturi asosida o’qitiladigan, zamonaviy moddiy-texnik uskunalar va o'quv laboratoriyalari bilan jihozlangan O'zbekiston Respublikasi oliy o'quv yurtlarining "Mexatronika va robototexnika" bakalavriat yo'nalishi bo'yicha kadrlar tayyorlash bo'yicha loyiha 2020-2022 yillarga mo'ljallangan. Joriy yilning 10-14…