Future Builders Contest — NATIJALAR!

  • Post category:Yangiliklar

2025-yil 27–30-oktabr kunlari Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida qurilish muhandisligi yo‘nalishidagi talabalar o‘rtasida “Future Builders Contest” tanlovi bo‘lib o‘tdi. Tanlov davomida 50 dan ortiq ishtirokchi kichik jamoalarga bo‘linib, tayoqchalar yordamida ko‘priklar va minoralarni loyihalashtirdi hamda yig‘di. Bu jarayon talabalar uchun nafaqat nazariy bilimlarni, balki ijodkorlik, jamoaviylik va tashabbuskorlikni sinovdan o‘tkazish imkonini berdi. Yakuniy bosqichda zilzilaga bardoshlilik hamda yuk ko‘tarish qobiliyati bo‘yicha o'tkazilgan maxsus sinovlar natijasiga ko'ra quyidagi jamoalar g'oliblikni qo'lga kiritdi: “Minora” yo‘nalishi g‘oliblari (zilzilaga bardoshlilik — 9 ball):ArcheTeamB-12 “Ko‘prik” yo‘nalishi g‘oliblari (yuk ko‘tarish — 150 kg):UnionGolden GateGolden Ratio Barcha ishtirokchilarni chin qalbdan tabriklaymiz! Sizning muhandislik salohiyatingiz, izlanuvchanligingiz va ijodingiz…

Continue ReadingFuture Builders Contest — NATIJALAR!

SHAHMAT TURNIRI YAKUNIGA YETDI!

  • Post category:Yangiliklar

Bugun universitetimizda 5 daqiqali Blitz shaxmat turniri bo’lib o’tdi! Shveytsariya tizimi bo’yicha o’tkazilgan turnirda talabalar o’zlarining tezkor fikrlash va strategik mahoratlarini namoyish etishdi. 1-o’rin: Hasan Abduhakimov – 9.0 ball2-o’rin: Mexroj Habibullayev – 7.5 ball3-o’rin: Doniyor – 7.0 ball Barcha ishtirokchilarga rahmat! Talabalar o’z qobiliyatlarini ajoyib tarzda ko’rsatishdi!

Continue ReadingSHAHMAT TURNIRI YAKUNIGA YETDI!

Joriy yilning 28-oktabr kuni Arxitektura va dizayn yo‘nalishi 1-bsqich talabalari o‘rtasida “Biz korrupsiyaga qarshimiz” mavzusida ijodiy ishlar tanlovi o‘tkazildi

  • Post category:Yangiliklar

Tanlovning asosiy maqsadi — talabalarda halollik, adolat, vijdon va fuqarolik mas’uliyati kabi qadriyatlarni mustahkamlash, ularning ijodiy tafakkuri va badiiy didini rivojlantirish hisoblanadi. Ushbu tanlovda 30 dan ortiq talaba o‘z ijodiy ishlari bilan faol ishtirok etdi. Ularning ishlari mavzuning dolzarbligi, g‘oya yangiligi, badiiy ifodasi va ramziy yechimi jihatidan baholandi. Tanlov natijalariga ko‘ra quyidagi talabalar turli nominatsiyalar bo‘yicha g‘olib deb topildi:Karimova Diyora – “Eng yaxshi badiiy ishlanma”“Anti korrupsiya” jamoasi – “Eng yaxshi ramziy yechim”Jumanazarova Nargiza – “Eng yaxshi original g‘oya”Nosirjonova Sojida – “Eng yaxshi rangtasvir asari”Asadov Abdulaziz – “Eng yaxshi grafik ishlanma”Xodjayeva Kamola – “Eng yaxshi badiiy ishlanma”Baxtiyorova Zulayho – “Eng yaxshi…

Continue ReadingJoriy yilning 28-oktabr kuni Arxitektura va dizayn yo‘nalishi 1-bsqich talabalari o‘rtasida “Biz korrupsiyaga qarshimiz” mavzusida ijodiy ishlar tanlovi o‘tkazildi

TTPU professor-o‘qituvchisi AQSHda malaka oshirmoqda

  • Post category:Yangiliklar

Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti “Avtomatik boshqaruv va kompyuter muhandisligi” kafedrasi katta o‘qituvchisi Maksudjon Usmonov hozirda AQSHning Arizona State University (ASU) oliygohida Faculty Enrichment Program (FEP) doirasida o‘z malakasini oshirmoqda. Ushbu xalqaro dastur pedagogik va ilmiy salohiyatni rivojlantirish, zamonaviy ta’lim yondashuvlarini o‘rganish hamda xalqaro akademik hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qiladi. Dastur davomida Maksudjon Usmonov ASUdagi ilg‘or dars jarayonlarini kuzatmoqda, zamonaviy laboratoriya mashg‘ulotlarida ishtirok etmoqda, Melikian markazi tadqiqotchilari bilan uchrashuvlar o‘tkazmoqda hamda ichki o‘rnatilgan tizimlar (embedded systems) yo‘nalishida tadqiqot loyihasi ustida ishlamoqda. O‘zbekiston hamda AQSH o‘rtasidagi akademik hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qiluvchi ushbu Faculty Enrichment Program dasturi AQSH Davlat departamenti tomonidan moliyalashtiriladi.

Continue ReadingTTPU professor-o‘qituvchisi AQSHda malaka oshirmoqda

TTPU va Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish assotsiatsiyasi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi

  • Post category:Yangiliklar

2025-yil 28-oktabr kuni Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti rektori Olimjon To‘ychiyev hamda Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish assotsiatsiyasi rahbari Farrux Ziyayev o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv davomida ta’lim, innovatsiya va iqtisodiyot sohalarida o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish, xususan, “Samsarak aqlli eko-qishlog‘i” loyihasi doirasida ilmiy-tadqiqot ishlari, startap tashabbuslari, shuningdek, talabalar uchun amaliyot va stajirovkalarni tashkil etish masalalari muhokama qilindi. Uchrashuv yakunida tomonlar o‘rtasida “Turin–Samsarak Innovation Challenge” startap tanlovi, qo‘shma ilmiy loyihalar, grant dasturlari va talabalar amaliyotlarini amalga oshirishni nazarda tutuvchi o‘zaro hamkorlik toʻgʻrisidagi Memorandum imzolandi.

Continue ReadingTTPU va Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish assotsiatsiyasi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi

TTPUda “FUTURE BUILDERS CONTEST” talnovi bo‘lib o‘tmoqda!

  • Post category:Yangiliklar

2025-yil 27–30-oktabr kunlari Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida qurilish muhandisligiga ixtisoslashgan “Future Builders Contest” tanlovi o‘tkazilmoqda. Tanlovning dastlabki uch kunida talabalar jamoalarga bo‘linib, kichik tayoqchalardan foydalangan holda ko‘priklar va minoralar loyihalarini ishlab chiqish ishlarini amalga oshirishmoqda. Bu — nafaqat muhandislik bilimlarini, balki ijodkorlik, jamoaviylik va tashabbuskorlikni sinovdan o‘tkazish maydonidir! Har bir jamoa o‘z g‘oyalarini haqiqatga aylantirayotgani — TTPUda bilim va amaliyot uyg‘unligining yaqqol isbotidir!

Continue ReadingTTPUda “FUTURE BUILDERS CONTEST” talnovi bo‘lib o‘tmoqda!

Raqamli kelajak sari bir qadam: TTPU talabasi global ta’lim dasturida!

  • Post category:Yangiliklar

Ayni paytda 19 ta mamlakatdan saralab olingan 150 nafar iqtidorli yoshlar Xitoyning Dongguan shahrida Huawei kompaniyasining flagman loyihasi — Seeds for the Future ta’lim dasturida ishtirok etmoqda. Ular orasida O‘zbekistondan jo‘nab ketgan 10 nafar talabaning biri Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti 4-bosqich talabasi Dosmuxhamedova Faxriya o‘z texnik bilimlarini global sahnada sinab ko‘rmoqda va TTPU nomini xalqaro miqyosda munosib namoyon etmoqda. Dastur davomida yoshlar sun’iy intellekt, 5G va bulutli hisoblash texnologiyalari bo‘yicha intensiv treninglarda ishtirok etish, xalqaro ekspertlar bilan uchrashuvlar o'tkazish, shuningdek, turli madaniyat vakillari bilan bilimlar va tajribalar almashish imkoniyatiga ega bo'lmoqdalar.

Continue ReadingRaqamli kelajak sari bir qadam: TTPU talabasi global ta’lim dasturida!

TTPUda “O‘zbekiston – Yevropa Ittifoqi: Barqaror energetika kunlari” tadbiri bo‘lib o‘tdi

  • Post category:Yangiliklar

2025-yil 23-oktabr kuni Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida “O‘zbekiston – Yevropa Ittifoqi: Barqaror energetika kunlari” nomli tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbir Yevropa Ittifoqining SECCA (Sustainable Energy Connectivity in Central Asia) loyihasi doirasida tashkil etildi. Tadbir yoshlar o‘rtasida barqaror energiya manbalari, ekologik tafakkur va “yashil” texnologiyalar ahamiyatini targ‘ib etish, shuningdek, maktab bitiruvchilarini oliy ta’lim muassasasi hayoti va ilmiy-innovatsion muhit bilan yaqindan tanishtirish maqsadida tashkil etildi. 💠 Tadbirda SECCA loyihasining energetika bo‘yicha yetakchi eksperti Paata Janelidze, energetika sohasini boshqarish bo‘yicha ekspert Ilze Purina, loyiha tadbirlarini tashkil etish bo‘yicha ekspert Nataliya Sarsenbekova, O‘zbekiston bo‘yicha milliy koordinator G‘ayrat Tashmatov, kommunikatsiya bo‘yicha ekspert Erik Ilyasov, shuningdek…

Continue ReadingTTPUda “O‘zbekiston – Yevropa Ittifoqi: Barqaror energetika kunlari” tadbiri bo‘lib o‘tdi

SILK ROAD MARATHON | MUSOBAQA

  • Post category:Yangiliklar

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "O'zbekiston Respublikasida Jismoniy tarbiya va sportni yanada takomillashtirish va ommalashtirish chora-tadbirlari to'g'risida" 2020-yil 24-yanvardagi PF-5924-son farmoni ijrosini ta'minlash maqsadida "Silk Road Marathon" xalqaro ommaviy yugurish musobaqasi o'tkaziladi. Ommaviy yugurish musobaqasi joriy yilning, 1-2-noyabr kunlari Xiva, 22-23-noyabr kunlari Andijon, 2026-yil 25-26-aprel kunlari Buxoro hamda 2026-yil 9-10-may kunlari Shahrisabz shaharlarida bo'lib o'tadi.

Continue ReadingSILK ROAD MARATHON | MUSOBAQA

Sizga ish kerak, lekin qayerdan izlashni bilmayabsizmi?

  • Post category:Yangiliklar

2-oktabr kuni soat 10:00 da Mercure Hotel konferensiyalar zalida “Karyera kuni” tadbiri o‘tkaziladi. Siz ham ushbu tadbirga qatnashib, o‘z sohangiz yoki qiziqishlaringiz bo‘yicha ish topishingiz mumkin! Barchangizni ushbu tadbirimizda kutib qolamiz!Murojaat uchun: +998900983101Manzil: Shota Rustaveli 1-tor ko‘chasi, 6-uy, Mercure Hotel

Continue ReadingSizga ish kerak, lekin qayerdan izlashni bilmayabsizmi?

TTPU talabalari Teknofest tarixida sovrinli o‘rin olgan birinchi o‘zbek jamoasi bo‘ldi!

  • Post category:Yangiliklar

Toshkent shahridagi Turin politexnika univerisiteti iqtidorli talabalari "TEKNOFEST 2025" - aerokosmik va texnologiyalar festivali festivali doirasida sun’iy yo‘ldoshlar yo‘nalishida 104 jamoa ichida finalgacha chiqib, faxrli 3-o‘rinni qo‘lga kiritishdi. Talabalarimiz ishlab chiqqan kichik sun’iy yo‘ldosh yer sathidan 35,530 metr balandlikka ko‘tarilib, 2,5 soat davomida 186,735 ta ma’lumotni yer stansiyasi bilan almashdi! Bu esa yoshlarimizning chuqur bilim, amaliy ko‘nikma va ulkan salohiyatga egaligidan dalolat beradi. Yoshlarimizni ushbu yuksak natija bilan samimiy tabriklab, ularga kelgusida yanada ulkan zafarlar tilaymiz!

Continue ReadingTTPU talabalari Teknofest tarixida sovrinli o‘rin olgan birinchi o‘zbek jamoasi bo‘ldi!

AQSHlik ekspertlar va Kimyo xalqaro universiteti rahbariyati TTPUga tashrif buyurdi

  • Post category:Yangiliklar

Joriy yilning 23-sentyabr kuni AQSHdan Enterprise Products kompaniyasining Avtomatlashtirish va loyihalash bo‘yicha katta direktori Gregory A. Rogers, biznes yetakchilik bo‘yicha maslahatchi va ta’lim boshqaruvi mutaxassisi Gary Lee Dozier, Toshkent Kimyo xalqaro universiteti Innovatsiya va ilmiy ishlar boʻyicha prorektori Jamshid Kaniev hamda O'quv ishlar bo'yicha prorektori Rod Clark Powell Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetiga tashrif buyurdi. Mehmonlar Universitet rahbariyati tomonidan kutib olinib, TTPUning faoliyati, zamonaviy infratuzilmalari, talabalar uchun yaratilgan sharoitlar, xalqaro hamkorlik dasturlari va talabalar yutuqlari bilan yaqindan tanishtirildi. Shuningdek, tashrif davomida avtomatlashtirish, boshqaruv tizimlari va sanoat xavfsizligi bo‘yicha qo‘shma loyihalar, o‘quv dasturlarini boyitish, ma’ruzalar va seminarlar tashkil etish, talabalar uchun…

Continue ReadingAQSHlik ekspertlar va Kimyo xalqaro universiteti rahbariyati TTPUga tashrif buyurdi

Diqqat, talabalarga muhim xabar!

  • Post category:Yangiliklar

Joriy yilning 26-sentabr kuni Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida "Students' Union" prezidentligiga saylov bo‘lib o‘tadi. Nomzodlar bilan tanishing: Karimov Ismoil Davron o‘g‘li – "Qurilish muhandisligi" yo'nalishi 3-bosqich talabasi Muxammadaminov Jakhongir Farruxovich – "Aviatsiya muhandisligi" yo'nalishi 2-bosqich talabasi Kuatova Dinara Parxad qizi – "Kompyuter muhandisligi" yo'nalishi 2-bosqich talabasi Dilshodov Nurmuhammad Davronbekovich – "Kompyuter muhandisligi" yo'nalishi 2-bosqich talabasi Saylov o‘tkazilish joyi:TTPU, asosiy kirish foyesiVaqti:09:30-14:00 Saylovda faol ishtirok eting, "Students' Union" prezidentligiga munosib nomzodni tanlang!

Continue ReadingDiqqat, talabalarga muhim xabar!

Joriy yilning 13-sentabr kuni Toshkent shahrida o’tkazilgan kirish imtihoni natijalari e’lon qilindi

  • Post category:Yangiliklar

⬇️KIRISH IMTIHONI NAMUNAVIY SAVOLLARI, GRANTLAR va CHEGIRMALAR haqidagi qo’shimcha ma’lumotlar uchun quyidagi TELEGRAM GURUHGA A’ZO BO’LING!⬇️https://t.me/+5VJDP-UeBHg4NmMy Exam Results - 13.09.2025Download

Continue ReadingJoriy yilning 13-sentabr kuni Toshkent shahrida o’tkazilgan kirish imtihoni natijalari e’lon qilindi

Joriy yilning 10-sentabr kuni Toshkent shahrida o’tkazilgan kirish imtihoni natijalari e’lon qilindi

  • Post category:Yangiliklar

⬇️KIRISH IMTIHONI NAMUNAVIY SAVOLLARI, GRANTLAR va CHEGIRMALAR haqidagi qo’shimcha ma’lumotlar uchun quyidagi TELEGRAM GURUHGA A’ZO BO’LING!⬇️https://t.me/+5VJDP-UeBHg4NmMy Exam Results 10.09.2025Download

Continue ReadingJoriy yilning 10-sentabr kuni Toshkent shahrida o’tkazilgan kirish imtihoni natijalari e’lon qilindi

TTPUda “Emerging Trends and Challenges in Sustainable Transportation” mavzusida xalqaro konferensiya boʻlib oʻtdi

  • Post category:Yangiliklar

Joriy yilning 15-16-sentabr kunlari Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida (TTPU) Erasmus+ CBHE SPHERE loyihasi doirasida “Emerging Trends and Challenges in Sustainable Transportation” mavzusida xalqaro konferensiya boʻlib oʻtdi.

Continue ReadingTTPUda “Emerging Trends and Challenges in Sustainable Transportation” mavzusida xalqaro konferensiya boʻlib oʻtdi

TTPU talabalari TEKNOFEST musobaqasida TOP-20 talikdan joy oldi!

  • Post category:Yangiliklar

Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti talabalari ishtirokidagi “Maktech Innovations” jamoasi dunyodagi eng yirik xalqaro texnologik festival — TEKNOFEST musobaqasining final bosqichida munosib ishtirok etdi. “USV – Unmanned Surface Vehicle” yo‘nalishida 450 dan ortiq jamoa ishtirok etib, yakuniy natijalarga ko‘ra, TTPU jamoasi TOP-20 talikdan o‘rin egalladi. Ma'lumot uchun: TEKNOFEST — bu butun dunyo bo‘ylab iqtidorli yoshlarni birlashtiradigan, texnologiya va innovatsiyalar sohasidagi ilg‘or loyihalarni taqdim etish imkonini beruvchi nufuzli platforma hisoblanadi.

Continue ReadingTTPU talabalari TEKNOFEST musobaqasida TOP-20 talikdan joy oldi!

Joriy yilning 30-avgust kuni Toshkent shahrida o’tkazilgan kirish imtihoni natijalari e’lon qilindi

  • Post category:Yangiliklar

⬇️KIRISH IMTIHONI NAMUNAVIY SAVOLLARI, GRANTLAR va CHEGIRMALAR haqidagi qo’shimcha ma’lumotlar uchun quyidagi TELEGRAM GURUHGA A’ZO BO’LING!⬇️https://t.me/+5VJDP-UeBHg4NmMy Exam Results 30.08.2025Download

Continue ReadingJoriy yilning 30-avgust kuni Toshkent shahrida o’tkazilgan kirish imtihoni natijalari e’lon qilindi

Joriy yilning 27-avgust kuni Toshkent shahrida o’tkazilgan kirish imtihoni natijalari e’lon qilindi

  • Post category:Yangiliklar

⬇️KIRISH IMTIHONI NAMUNAVIY SAVOLLARI, GRANTLAR va CHEGIRMALAR haqidagi qo’shimcha ma’lumotlar uchun quyidagi TELEGRAM GURUHGA A’ZO BO’LING!⬇️https://t.me/+5VJDP-UeBHg4NmMy Exam Results 27.08.2025Download

Continue ReadingJoriy yilning 27-avgust kuni Toshkent shahrida o’tkazilgan kirish imtihoni natijalari e’lon qilindi

Joriy yilning 23-avgust kuni Toshkent shahrida o’tkazilgan kirish imtihoni natijalari e’lon qilindi

  • Post category:Yangiliklar

⬇️KIRISH IMTIHONI NAMUNAVIY SAVOLLARI, GRANTLAR va CHEGIRMALAR haqidagi qo’shimcha ma’lumotlar uchun quyidagi TELEGRAM GURUHGA A’ZO BO’LING!⬇️https://t.me/+5VJDP-UeBHg4NmMy Exam Results 23.08.2025Download

Continue ReadingJoriy yilning 23-avgust kuni Toshkent shahrida o’tkazilgan kirish imtihoni natijalari e’lon qilindi