“Graduation Ceremony–2025” diplom topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi
Joriy yilning 14-may kuni Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida “Graduation Ceremony–2025” diplom topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda “O‘zavtosanoat” AJ Boshqaruv raisi Rozuqulov Ulug‘bek Ubaydullayevich, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining maslahatchisi Sultonov Isajon Abdurayimovich, Italiyaning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Piyergabriyele Papadia de Bottini, Huawei Uzbekistan kompaniyasining korporativ biznes bo‘yicha direktori Zhang Haoqi hamda TTPU va Politecnico di Torino universitetining professor-o‘qituvchilari, bitiruvchi talabalar, ularning oila a’zolari va do‘stlari ishtirok etdilar. Tadbir boshida O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi yangradi. Shundan so‘ng, mehmonlar navbati bilan so‘zga chiqib, bitiruvchilarga kelgusi faoliyatlarida omad va muvaffaqiyatlar tiladilar. Bitiruvchilarga diplomlar “O‘zavtosanoat” AJ Boshqaruv raisi Rozuqulov Ulug‘bek Ubaydullayevich,…