TTPUda “Sanoat korxonalarining raqamli transformatsiyasi” forumi o‘tkazildi
Joriy yilning 26-27-may kunlari Rossiya Federatsiyasi Prezidentining O‘zbekiston Respublikasi rasmiy tashrifi doirasida ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish bo'yicha turli sohalarda xususan, sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish, ilg‘or Rossiya tajribasi asosida ilmiy va innovatsion ishlanmalarni ishlab chiqarishga tatbiq etish hamda texnologiyalarni transfer qilish bo‘yicha bir qator hujjatlar imzolanib, mazkur yo‘nalishda olib borilayotgan ishlarni yanada jadallashtirish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab berildi. Shu bilan birgalikda joriy yil 20-iyun sanasida Davlat rahbari boshchiligida “Muhandislik sohalarida kadrlar tayyorlash va oliy taʼlim muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish” masalalari yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yigʻilishida berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash, xususan “tarmoq-korxona-oliygoh” tizimini samarali yo‘lga qo‘yish maqsadida hamda ishlab chiqarish sohasidagi…