“Talabalikka bag‘ishlov -2023”
Joriy yilning 27-sentyabr sanasida Toshkent shahridagi Turin Politexnika universitetning 2023-2024 o‘quv yiliga qabul qilingan 1-bosqich talabalari uchun “Talabalikka bag‘ishlov” tadbiri o’tkazildi. Dastavval, tadbirni O‘zbekiston Respublikasi madhiyasi bilan ochib berildi. So‘ng, universitet birinchi prorektori A.Ashurov so‘zga chiqib, yangi o‘quv yiliga qabul qilingan talaba-yoshlarga ko‘plab ezgu-tilaklar bildirib, kelajakda yetuk mutaxassis bo‘lib yetishishlarida universitet tomonidan kerakli sharoitlar yaratib berilishini ta’kidladi. Har yili o‘tkaziladigan an’anaviy tadbir davomida, talabalar o‘z qasamyodlarini qabul qilar ekan, butun faoliyatlarini ona diyorimiz va uning buyuk kelajagiga bahshida etishga, Vatan taraqqiyoti yo‘lida astoydil harakat qilib yuqori malakali mutaxassis bo‘lishga, ota-ona oldidagi farzandlik burchini unutmaslik, uni to‘la ado etish uchun bor…