Konstitutsiyaviy qonuni loyihasi bo’yicha referendumning mazmun-mohiyati to‘g‘risida davra suhbati
Joriy yilning 30-mart kuni, Toshkent shahridagi Turin Politexnika universitetida “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonuni loyihasi hamda 2023 yil 30-aprelida bolib o‘tishi rejalashtirilayotgan referendumning mazmuni va mohiyati yuzasidan davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Tadbirni universitet birinchi prorektori A.Ashurov ochib berib, talaba-yoshlarni e’tiborini bo‘lib o‘tadigan referendumga qaratib, yangilanayotgan Konstitutsiyada yoshlarga jumladan ta’lim sohasi, ilm-fanga alohida e’tibor qaratilayotgani ta’kidlandi. Shundan so‘ng so‘z navbati Toshkent davlat yuridik universiteti professori, yuridik fanlari doktori Feruza Abdurashidovna Muhitdinovaga berilib, tadbir qatnashchilariga referendum tushunchasi, xuquqiy asoslari, Konstitutsiyamizga kiritilayotgan o’zgartirish va qo’shimchalar to‘g‘risida keng qamrovli tushunchalar berildi. Konstitutsiya loyihasi yuzasidan fuqarolarning fikr va takliflari tashkil etilgan “Meningkonstitutsiyam.uz” elektron platformasi…