Vatanni asrash, har bir insonning burchi
Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 31 yilligi hamda Vatan himoyachilari kunini munosib kutib olish va uni umumxalq bayrami sifatida keng nishonlash, aholida milliy armiyadan faxrlanish va unga boʻlgan ishonch hissini oshirish, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida universitetda qishki ta’til davri bo’lishiga qaramay, joriy yilning 12-yanvar kuni onlayn tarzda “Vatanni asrash, har bir insonning burchi” mavzusida tadbir oʻtkazildi. Tadbirda mehmon sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti hodimi, ijtimoiy-gumanitar kafedrasi dotsenti, polkovnik Hotamov Shuhrat Nasirovich –tashrif buyurdi. Shuningdek, universitet birinchi prorektori A.Ashurov, Yoshlar bilan ishlash bo’limi boshlig’i G.Allamova, Universitetga biriktirilgan Olmazor tumani Ichki ishlar bo’limi, profilaktika katta inspektori podpolkovnik…