Rektor murojaati
Hurmatli birinchi bosqich talabalari! Sizni Universitetimizga qabul qilinganingiz va TTPU oilasining to'laqonli a'zosi bo'lganingiz bilan tabriklayman. Umid qilamanki, o'qish davri sizlar uchun qiziqarli, hayajonli va kelajakdagi kasbingiz uchun foydali bo'ladi. Pandemiya va karantin tez orada bizning faoliyatimizga ko'rsatayotgan salbiy ta'sirini yo'qotadi va biz sizni yana universitetimizda ko'rishga muvaffaq bo'lamiz deb umid qilamiz. Hamkorlarimizdan birining past darajadаgi kompetensiyasi sabab video darslar portali va onlayn kontent bilan ishlashda uzilishlar bo'lganligi uchun uzr so'rayman. Professor-o'qituvchilar va o'quv bo'limimiz say harakati bilan biz kontentni doimiy ravishda Telegram kanalimizda joylashtirib kelmoqdamiz va kechadan boshlab portalni ishga tushurdik. 2, 3 va 4-bosqich talabalari oktyabrdan boshlab Didattica…