TTPUda optoelektronika va tolali sensorlar yo‘nalishidagi ilmiy-amaliy davra suhbati bo‘lib o‘tdi
Joriy yilning 26-iyun kuni Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida “O‘zbekistonda Italiya tajribasi asosida tarmoq korxonalariga optoelektronika va tolali sensorlarni joriy etish orqali ularning raqobatbardoshliligini oshirish” mavzusida ilmiy-amaliy davra suhbati tashkil etildi. Mazkur tadbirda Italiya Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi janob Piyergabriyele Papadia de Bottini boshchiligidagi delegatsiya, TTPU rektori O.Toʻychiyev va professor-o‘qituvchilari, soha ekspertlari, sanoat korxonalari mutaxassislari hamda qator hamkor tashkilotlar hamda universitetlar vakillari ishtirok etdi. Davra suhbati davomida delegatsiya tarkibidan Politecnico di Torino universiteti professori Alberto Vallan tomonidan optik tola sensorlarining qo‘llanilish imkoniyatlari yuzasidan keng qamrovli taqdimot o‘tkazildi. U o‘z nutqida ushbu sensorlarning nafaqat telekommunikatsiya, balki harorat, bosim, tezlik…