TTPU Talabalar Ittifoqi (Students’ Union) prezidentligiga saylov natijasini e’lon qiladi
Joriy yilning 12-fevral kuni Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida Talabalar Ittifoqi (Students' Union) prezidentligiga saylov o'tkazildi. Unda quyidagi nomzodlarga jami 203 nafar Universitet xodimlari va talaba yoshlar ishtirok etib, o'z ovozlarini berdilar: Qoriyev Ayubxon Aziz o‘g‘li – "Dasturiy ta’minot muhandisligi" yo‘nalishi, 3-bosqich talabasi Mirzaqulov Yusuf Isroil o‘g‘li – "Mashinasozlik muhandisligi" yo‘nalishi, 2-bosqich talabasi Yusupov Diyor Abdumalikovich – "Biznes boshqaruvi magistri - MBA" yo‘nalishi, 1-bosqich magistranti Imomaliyeva Shaxlo Usvali qizi – "Biznes boshqaruvi" yo‘nalishi, 3-bosqich talabasi Saylov natijasini taqdim etilgan infografikadan batafsil bilib olishingiz mumkin.