Joriy yilning 4 noyabr kuni, Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universiteti “Conference Hall” zalida “Jaholatga qarshi maʼrifat” mavzusida davra suxbati bo‘lib o‘tdi. Tadbirni universitet rektori J.Sh.Inoyatxodjaev ochib berib, bugungi kunda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, yoshlar uchun yaratilayotgan sharoit va imkoniyatlar, ta’lim va tarbiyaga to‘g‘ri yondashish zaruratini ta’kidlab, so‘zni O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi vakili J.V.Meliqo‘ziyevga berdi. Uchrashuvda so‘zga chiqqan J.V.Meliqo‘ziyev tomonidan mamlakatimizda olib borilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy, diniy sohadagi islohotlar, qolaversa, islom dinining insonparvarlik, tinchlik, bag‘rikenglik kabi oliyjanob ta’limotlari hamda internet va ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqalayotgan mafkuraviy xatarlar va ularni oldini olish masalalari kabi dolzarb mavzularda ma’ruza qildi. Shuningdek, bugungi…