Italiyada Erasmus + “MUSAE: “San’at sohasida tadbirkorlikni rivojlantirishning ko‘p tarmoqli ko’nikmalari”/ Multidisciplinary Skills for Artists’ Entrepreneurship” loyihasi doirasida treninglar o’tkazildi.
2023-yilning 6-iyulidan 13-iyuliga qadar Italiyaning L'Aquila shahrida Erasmus + “MUSAE: “San’at sohasida tadbirkorlikni rivojlantirishning ko‘p tarmoqli ko'nikmalari” loyihasi doirasida 9 ta universitet (O‘zbekiston, Falastin va Tunis) talabalarining treninglari va loyihalari taqdimotlari bo‘lib o‘tdi. O‘zbekistondan Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti, K.Bekzod nomidagi Amaliy san’at instituti hamda O‘zbekiston Davlat Konservatoriyasi talabalari qatnashdi . Talabalar turli yo'nalishlarda o'zlarining innovatsion ishlarini taqdim etdilar, ularning har biri aholining turli qatlamlarini, ta'lim va kasbiy sohalarda va hokazolarni qo'llab-quvvatlash uchun ishlatilishi mumkin bo'lgan to'liq loyihalardir. Shuningdek, shu davrda loyiha boshqaruvi aʼzolarining yigʻilishi boʻlib oʻtdi, unda talabalar tomonidan taqdim etilgan ishlar, loyiha natijalarini tarqatish, kelgusidagi vazifalar va moliyaviy…