Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universiteti tadqiqotchilari tomonidan bino va inshootlarning zilzilabardoshlilik darajasi o‘rganilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 -yil 30 -iyuldagi “O‘zbekiston Respublikasi aholisi va hududining seysmik xavfsizligini ta‘minlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘grisida”gi PQ-4794 sonli qarorining 7-bandiga asosan Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universiteti qoshida “Bino va inshootlarni eksperimental tadqiq qilish ilmiy-texnik laboratoriyasi” tashkil etildi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasinining “Bino va inshootlarning seysmik mustahkamligini baholash hamda elektron texnik pasportlarni shakllantirish tizimini joriy etish to‘g‘risida” gi qaroriga asosan 2021-yil 4-6-dekabr kunlari Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti professor- o‘qituvchilari, tadqiqotchi va mutaxasislari tomonidan Andijon shahridagi Alisher Navoiy shox ko‘chasida joylashgan 13 qavatli binoning seysmik mustahkamligini baholash maqsadida maxsus uskunalar yordamida kerakli ma‘lumotlar yig‘ildi. Ushbu jarayonda binoning…