Oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun Respublika fan olimpiadasi!
Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarining bitiruvchi bosqich (4-bosqich) talabalari o‘rtasida quyidagi fanlar bo‘yicha Respublika fan olimpiadasi o‘tkaziladi: 🧪 Kimyo🧬 Biologiya⚛️ Fizika💻 Informatika va axborot texnologiyalari Mazkur olimpiada quyidagi maqsadlarda tashkil etilmoqda:🔹 iqtidorli talabalarni aniqlash;🔹 ularning nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarini sinovdan o‘tkazish;🔹 ilmiy salohiyatini rivojlantirish;🔹 fan va ta’lim integratsiyasini kuchaytirish. 📌 Olimpiada bakalavriat bosqichining tegishli ta’lim yo‘nalishlarida tahsil olayotgan bitiruvchi (4-bosqich) talabalari o‘rtasida o‘tkaziladi. 🗓 Universitet bosqichi — joriy yilning 15-apreligacha🏆 Respublika bosqichi — may oyida 📄 Olimpiada nizomi bilan tanishing:👉 https://turin.uz/wp-content/uploads/2026/03/NY26332484-1_organized.pdf 🚀 Barcha iqtidorli talabalarni faol ishtirok etishga chorlaymiz!