TTPU arxitektura yo‘nalishi talabalari Germaniyaning Quedlinburg shahrida tahsil olishmoqda

  • Post category:Yangiliklar

Qurilish va arxitektura kafedrasining "Madaniy meros obyektlarini restavratsiya va konservatsiya qilish" yo’nalishi magistrantlari hozirda Germaniyada Deutsches Fachverkzentrum Quedlinburg da yog'och konstruktsiyali binolarni tiklash ishlarini o‘rganmoqdalar. Ularning yozgi mashg‘ulotlari (mos ravishda 15 va 30 iyun kunlari boshlangan va tugaydi) prof. Nilufar Tuxboeva (Qurilish va arxitektura kafedrasi, TTPU) va prof. Klaudiya Xennrix (Deutsches Fachverkzentrum Quedlinburg e.V) boshchiligida amalga oshirilmoqda.

Continue ReadingTTPU arxitektura yo‘nalishi talabalari Germaniyaning Quedlinburg shahrida tahsil olishmoqda

TTPUda ICEP- ITA 2024 xalqaro konferensiyasi bo‘lib o‘tdi

  • Post category:Yangiliklar

Bugun 24 iyun kuni, Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida Elektrofizika va axborot texnologiyalari ilovalari 2024 – (International Conference on Electrophysics and Information Technology Applications 2024) bo‘yicha xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi o‘z ishini boshladi. Gibrid formatda (offlayn va onlayn) tashkil etilgan konferensiyada elektrofizika va uni amaliyotda qo‘llash va axborot texnologiyalari ilovalar, quvvat aktivlarini boshqarish, quvvat IoT va sensorlar va aqlli elektr inshooti kabi mavzularga oid 100 dan ortiq ilmiy maqolalar va tadqiqotlar muhokama qilindi. Konferensiya Koreya Elektrotexnika muhandislar instituti (Korean Institute of Electrical Engineers) tomonidan Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti bilan hamkorlikda tashkil etilgan bo‘lib, asosiy maqsad - sohaga oid ilg‘or gʻoyalar,…

Continue ReadingTTPUda ICEP- ITA 2024 xalqaro konferensiyasi bo‘lib o‘tdi

Sharipov Alisher Kalbayevich texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertasiya ishi himoyasi to‘g‘risida

  • Post category:Bo'limsiz

Sharipov Alisher Kalbayevichning 05.08.06 – “G’ildirakli va gusenitsali mashinalar va ularni ishlatish” (texnika fanlari) ixtisosligi bo‘yicha “Vodorod-benzin yonilg’isida ishlaydigan avtomobillar motor moyining chegaraviy ish muddatini asoslash” mavzusidagi texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertasiya ishi himoyasi Toshkent shahridagi Turin Politexnika universiteti xuzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.22/01.02.2022.T.144.01 raqamli Ilmiy Kengashning 2024 yil 5 iyul kuni soat 15:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi. Manzil: 100174, Toshkent shahri, Olmazor tumani, Kichik xalqa yuli 17. Toshkent shahridagi Turin Politexnika universiteti. Tel.: (99871) 246-80-51; e-mail: info@turin.uz;

Continue ReadingSharipov Alisher Kalbayevich texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertasiya ishi himoyasi to‘g‘risida

TTPU va Xitoy-ShHT iqtisodiyot va savdo instituti o’rtasida hamkorlik yo’lga qo’yildi

  • Post category:Yangiliklar

Joriy yilning 15-iyun kuni Xitoy Xalq Respublikasining “Xitoy-ShHT iqtisodiyot va savdo instituti” (China-Sco Institute of Economy and Trade) Zheng Shi rektori boshchiligidagi delegatsiya Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetiga tashrif buyurdi. Tashrif davomida TTPU rektori O. Toʻychiyev tomonidan delegatsiya aʼzolariga universitet boʻylab tur uyushtirib, universitetning oʻquv va ilmiy faoliyat bilan yaqindan tanishtirildi. Mazkur tashrif doirasida o‘tkazilgan uchrashuv davomida ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish, xususan, talabalar almashinuvi, mutaxassislar malakasini oshirish, talabalar uchun xitoy tili kurslarini tashkil qilish kabi turli masalalar muhokama etildi. Shuningdek, ikki rahbar oʻrtasida “Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti” hududida “Xitoy-ShHT iqtisodiyot va savdo instituti” hamkorlik markazi ochilishi yuzasidan fikr almashildi.…

Continue ReadingTTPU va Xitoy-ShHT iqtisodiyot va savdo instituti o’rtasida hamkorlik yo’lga qo’yildi

Toshkent shahridagi Turin poltexnika universiteti bitiruvchilarining amaliyot yakuni bo’yicha Maxsus komissiya imtihonlari o‘tkazildi

  • Post category:Yangiliklar

Ma’lumki, bugungi kunda oliy ta’lim tizimida kadrlar sifatini oshirish uchun talabalarning o‘quv jarayonida nazariy tomondan olgan bilimlarini yanada mustahkamlash, uni amaliyotda qo‘llash hamda ularni muhandislik sohasida ishlab chiqarishga tayyor malakali yetuk mutaxassis kadr qilib yuborish ta'limning asosiy qismiga aylangan. Joriy yilning 11-13 iyun kunlari Toshkent shahridagi Turin poltexnika universiteti bitiruvchilarining amaliyot yakuni bo'yicha Maxsus komissiya imtihonlari o‘tkazildi. Unda universitet kafedra professor-oʻqituvchilari, shuningdek Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi vazirligi, Huawei kompaniyasi, Texnik meʼyorlash va standartlashtirish ilmiy-tadqiqot institutidan bir qator mutaxassis xodimlar ekspert sifatida ishtirok etdilar. Mazkur imtihon davomida talaba amaliyot davrida erishgan bilim, ko‘nikma va malakalari hamda loyihalari aks etgan taqdimotini…

Continue ReadingToshkent shahridagi Turin poltexnika universiteti bitiruvchilarining amaliyot yakuni bo’yicha Maxsus komissiya imtihonlari o‘tkazildi

Avtomobilsozlikda 3D modellashtirish bo’yicha “FUTURE YOUNG ENGINEERS 2024” nomli olimpiada o‘tkazildi

  • Post category:Yangiliklar

Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti "Mashinasozlik texnologiyasi va aviakosmik muhandisligi" kafedrasi tomonidan Avtomobilsozlikda 3D modellashtirish bo'yicha “FUTURE YOUNG ENGINEERS 2024” nomli olimpiada o‘tkazildi. Mashinasozlik texnologiyasi, arxitektura va qurilish yo'nalishlari hamda O‘zbekistondagi turli oliygoh talabalaridan iborat 30 ta ishtirokchilar ushbu olimpiadada ishtirok etishdi. Unda SolidWorks hamda NX Simens dasturlarida musobaqalashdilar.

Continue ReadingAvtomobilsozlikda 3D modellashtirish bo’yicha “FUTURE YOUNG ENGINEERS 2024” nomli olimpiada o‘tkazildi