“Butunjahon OITS ga qarshi kurash kuni” munosabati bilan seminar o‘tkazildi.
Toshkent shahridagi Turin Politexnika universiteti talabalari uchun “1-dekabr OITSga qarshi kurash kuni”ga bag‘ishlab “Zararli illatlarsiz sog‘lom avlod” mavzusida soha mutaxassislari ishtirokida seminar tashkil etildi. Uchrashuvda O‘zbekiston Qizil Yarim oy jamiyati Toshkent shahar tashkiloti FV bo‘lim boshlig‘i D.Narimonova, Olmazor tuman tashkilotchi ijrochi direktori X.Axmedova, tumanlararo teri-tanosil kasalliklari dispanseri shifokori V.Abdullayeva, tuman Sanitar epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati mutaxassislari A.Tadjiddinova va F.Jabborova ishtirok etdi. Yig‘ilishni universitetning ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i Allamova G.A. ochib berib, bu kabi tadbirlarni o‘tkazilishidan maqsad hamda ahamiyati to‘g‘risida to‘xtalib, talabalarni kelgan mehmonlar bilan tanishtirdi.Yig‘ilishda so‘zga chiqqan X.Axmedova talabalarga Xalqaro Qizil Xoch va Qizil Yarim oy harakati,…