TTPU ga Pitssburg Davlat Universiteti vakillari tashrif buyurishdi.
AQSHning Pitssburg Davlat Universiteti Biznes Koleji (Kelce College of Business) dekani, professor Biyenvenido Kortes (Bienvenido Cortes) va Peydj Kortes (Paige Cortes) Toshkent shahridagi Turin Politexnika universitetiga tashrif buyurdi.Tashrif doirasida Universitetlar o‘rtasida o‘zaro hamkorlik munosabatlari xususan, TTPU va Pitssburg Davlat Universiteti o‘rtasida “2+2+1” dasturi asosida yangi “Menejment” ta’lim yo‘nalishini tashkil etish masalalari muhokama qilindi. Kelishuvga ko‘ra, Pitssburg Davlat Universiteti Biznes koleji tomonidan o‘quv reja, fan dasturlari hamda elektron kitoblar bilan ta’minlanishi ko’zda tutilgan.“Menejment” ta’lim yo‘nalishiga qabul qilingan talabalarda 2 yil TTPU da ta’lim olgandan so‘ng, o‘qishini keyingi 2 yilini Pitssburg Davlat Universitetida davom ettirishi imkoni bo‘lib, AQSH universiteti tomonidan bakalavr diplomi…