QABUL – IKKINCHI BOSQICH
TOSHKENT SHAHRIDAGI TURIN POLITEXNIKA UNIVERSITETINING (TTPU) 2022/2023 O‘QUV YILI BAKALAVRIAT BOSQICHIGA QABUL - IKKINCHI BOSQICH QOIDALARI VA HUJJAT TOPSHIRISH MUDDATI QOIDALAR Imtihon sanasi Kirish imtihonining ikkinchi bosqichi 5,6,7 IYUL kunlari mahalliy vaqt bilan soat 10:00 da boʻlib oʻtadi (roʻyxatdan oʻtishning oxirgi muddati - 1 iyul); Roʻyxatdan oʻtishda TIL-Engineering boʻlimida imtihon sanasi sifatida 5-Iyulni tanlang.Uchinchi imtihon sentyabr oyida boʻlib oʻtadi (aniq sanalar va tartibi keyinroq e’lon qilinadi) va imtihondan oʻtgan abituriyentlar birinchi bosqichni oʻtkazib yuborolmaydilar. Kirish imtihonlari Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida boʻlib oʻtadi. Manzil: Toshkent shahri, Kichik Xalka Yuli, 17, 100095, (Moʻljal: Talabalar shaharchasi, sobiq “Nukus” kinoteatri, “Asia.uz” supermarketi). …
“Sanoat ishlab chiqarish texnologiyalari”: kelgusi rejalar
Turin politexnika universiteti (Italiya) Rektori professor Gvido Sarakko boshchiligidagi delegatsiya 16 may kuni Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universitetiga tashrif buyurdi. Delegatsiyani TTPU rektori Jamshid Inoyatkhodjaev kutib olib, keng muzokaralar olib borildi. Keyingi o‘quv yili rejalari, yangi “Sanoat ishlab chiqarish texnologiyalari” o‘quv yo‘nalishi ishga tushirish masalalarini muhokama qilindi. professor Guido Sarakko TTPU talaba yoshlari va professor o‘qituvchilari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuv davomida “Sanoat ishlab chiqarish texnologiyalari” va universitetda mavjud yo‘nalishlarning hozirgi kundagi dolzarbligi, ahamiyati va imkoniyatlari to‘g‘risida suhbat qurdi.Ochiq muloqot shaklida o‘tgan uchrashuvda, qatnashchilar o‘zlarining qiziqtirgan savollariga batafsil javob oldilar.
Erasmus+ “MechaUz” loyihasi ishtirokchilarining uchrashuvi.
Joriy yilning 16 may kuni Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida, oliy ta’lim sohasida salohiyatni oshirish bo‘yicha Erasmus+ loyihasi doirasida “MechaUz – g‘oyalar va raqamli texnologiyalar orqali O‘zbekiston bakalavriat dasturlari uchun mexatronika va robototexnikani modernizatsiya qilish” loyihasi ishtirokchilarining navbatdagi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. g‘oyalar va raqamli texnologiyalar” mavzusida ko‘rgazma bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda 13 ta tashkilot, jumladan, O‘zbekistonning 6 ta oliy ta’lim muassasasi, jumladan: Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti, Toshkent davlat texnika universiteti, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, Andijon mashinasozlik instituti, Farg‘ona politexnika instituti va Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institute vakillari ishtirok etdi Yevropa Ittifoqi davlatining 6 ta universiteti, jumladan: Xalqaro Ellin universiteti (Gretsiya), Janubi-Sharqiy Yevropa…
Jahon chempionati kubogi Turinda.
2022 yil 16 may kuni, Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universitetida, "Milan" futbol klubining afsonaviy himoyachisi - Cristian Zakkardo va yosh futbolchilar - “Juventus” futbol akademiyasi tarbiyalanuvchilari bilan uchrashuv bo’lib o’tdi. Shuningdek uchrashuvda Donato Albanese - AC MILAN menejeri va Massimiliano Alesi - BMB-OPERA ZAFFERANO o‘zbek-italiya qo‘shma korxonasi bosh direktori ham ishtirok etishdi. Tashrifdan asosiy maqsad, yosh futbolchilar bilan muloqot qilib, ularga master-klass o’tkazish, qiziqtirgan savollariga javob berish va “Juventus” akademiyasida yaratilgan sharoitlar bilan tanishish.Tadbir ishtirokchilari maroq bilan futbol o’yinchisi bilan suratlarga tushib, esdalik uchun avtograf olishdi. Uchrashuv yosh fulbolchilarda unutilmas taassurotlar qoldirdirgani shubhasiz.
TTPU DA QABUL IMTIHONI BO’LIB O’TDI.
oriy yilning, 13 may kuni Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universitetida 2022/2023 o‘quv yili uchun birinchi kirish imtihonlari bo‘lib o‘tdi. Abituriyentlar “Mashinasozlik texnologiyasi”, “Avtomobilsozlik texnologiyasi”, “Kompyuter injiniringi”, “Dasturiy injiniring”, "Sanoatda xo‘jalik qurilishi va arxitektura", “Arxitektura va dizayn” bakalavriat yoʻnalishlari boʻyicha kirish imtihonini topshirdilar. Ular bilimi quyidagi savollar bo’yicha baholandi: Matematika: 18 ta savol (vaqt: 40 daqiqa) Oʻqib tushunish: 6 ta savol (vaqt: 12 daqiqa) Mantiq: 6 ta savol (vaqt: 12 daqiqa) Fizika: 12 ta savol (vaqt: 26 daqiqa)Imtihon jarayonlarining shaffofligini nazorat qilish maqsadida, Politecnico di Torino (Italiya) universiteti professorlari imtihonda ishtirok etdilar. Ota-onalar test topshirish jarayonini onlayn kuzatib, o’zlarining qiziqtirgan barcha…
“Menejment” yo’nalishi bo’yicha abiturientlar ro’yxati
Hurmatli abituriyentlar, “Menejment” yoʻnalishi boʻyicha 14-may kuni boʻlib oʻtuvchi kirish imtihonining vaqti va qatnashuvchilar roʻyxati bilan tanishing. Iltimos, o'zingiz bilan shaxsingizni tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID karta) va kirish to'lovi kvitansiyasini olib keling
“Juventus” futbol akademiyasi 3 yoshga to’ldi!
Kimlar uchun futbol shunchaki o'yin bo'lsa, kimdir uchun bu oddiy sport. Kimdir uchun esa futbol bu HAYOT! Joriy yilning 7 may kuni Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida Markaziy Osiyodagi birinchi bo’lib ochilgan“Juventus” professional futbol akademiyasining rasmiy ochilishining 3 yilligiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirni Akademiyaning yangi rahbari Mahamatxo‘jaev Toirxo‘ja ochib berdi. So’ng Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti rektori Jamshid Inoyatxo‘jaev tabrik so‘zi bilan chiqdi. Akademiya rahbari “Juventus”ning kelgusi rejalari, yosh futbolchilar uchun yozgi oromgoh shuningdek, futbol akademiyasi tarbiyalanuvchilarining Turin (Italiya)shahrida bo‘lib o‘tadigan “Juventus Academy World Cup 2022” xalqaro turniridagi ishtirok etish imkoniyati haqida to’xtalib o’tdi. Yosh futbolchilarning ota-onalari bilan bir…
Abiturientlar ro’yxati, May 2022
Hurmatli abituriyentlar, 13-may kuni boʻlib oʻtuvchi kirish imtihonining vaqti va qatnashuvchilar roʻyxati bilan tanishing. Iltimos, o'zingiz bilan shaxsingizni tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID karta) va kirish to'lovi kvitansiyasini olib keling. Eslatib o‘tamiz, “Menejment” yo‘nalishi bo‘yicha qabul imtihoni 14-may kuni bo‘lib o‘tadi.
“UCH AVLOD UCHRASHUVI”
Mamlakatimizda har yili 9 may «Xotira va qadrlash kuni» umumxalq bayrami sifatida keng nishonlanib kelinmoqda. Ushbu bayram mustaqil O‘zbekistonda asrlar davomida, o‘lkamizni qahramona himoya qilgan, uning erkinligi, mustaqilligi va xalq tinchligi uchun kurashgan vatandoshlar xotirasiga bag‘ishlanadi.Toshkent shahridagi Turin Politexnika universitetida ham “9 may - Xotira va qadrlash kuni”ga bag’ishlangan “Uch avlod uchrashuvi” ma’naviy-ma’rifiy kechasi otkazildi. Joriy yilning 28 aprel kuni o’tkazilgan tadbirda Ikkinchi Jahon urushi qatnashchisi, Toshkent shahar Olmazor tumanida yashovchi 96 yoshli Apponov Abbos bobo, hamda Ozbekiston Respublikasi mudofaa vazirligi faxriylari - iste'fodagi generallar va katta ofitserlari qatnashib, talabalarga kecha mavzusiga oid ma'lumotlarni va ozlarining qimmatli maslahatlarini berishdi.Kechani tashkil…
TTPU va TAQI: HAMKORLIK MASALALARI
Rektor Ercan Kahya boshchiligidagi Toshkent Arxitektura-qurilish Instituti delegatsiyasi Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti rektori bilan uchrashdi. Rektor Ercan Kahya TTPUning axborot-resurs markazi, mexatronika, texnopark faoliyati bilan tanishdi.Tashrif davomida o‘zaro manfaatli hamkorlik yo‘nalishlari, xususan, arxitektura va dizayn sohasida hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, akademik almashinuvni tashkil etish, ilmiy sohalarda qo‘shma loyihalar ishlab chiqish masalalari bo'yicha kelishib olindi.
2022-yil 19-aprel kuni TTPU rektori J.Sh.Inoyatxodjaev universitetning tayyorlov kursi talabalari bilan uchrashdi.
“Ochiq suhbat” formatida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda universitetda ta’lim olish afzalliklari, xorijiy universitetlar bilan almashuv dasurlari imkoniyatlari, hamda universitet hayotiga oid boshqa dolzarb masalalar muhokama qilindi. Talabalar tomonidan berilgan barcha savollarga batafsil javob oldilar.
“Juventus”ga yangi rahbar tayinlandi!
18 Aprel kuni Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universitetida bo'lib o'tgan yigʻilishda Toshkent shahridagi "Juventus Academy Tashkent" futbol akademiyasining yangi rahbari tanishtirildi. Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universiteti rektori Inoyatxodjaev Jamshid Shuxratullaevich tomonidan hozirgi kunga qadar "Italiyadagi O'zbekiston Yoshlari Assotsiyatsiyasi" prezidenti, O'zbekiston Yoshlari Umumjahon assotsiatsiyasining Italiyadagi vakili sifatida faoliyat yuritib kelayotgan Maxamatxo'jayev Toirxo'ja Faxriddin o'g'li, "Juventus Academy Tashkent" futbol akademiyasi boshqaruvchi menejeri sifatida tanishtirildi. Yangi tayinlangan menejer oldiga "Juventus Academy Tashkent" futbol akademiyasi tarbiyalanuvchilarini joriy yilning iyun oyida Italiyaning Turin shahrida bo'lib o'tadigan "Juventus Academy World Cup 2022" xalqaro musobaqasida munosib ishtirok etishini ta'minlash ustuvor vazifa etib tayinlandi. Ma'lumot o'rnida, "Juventus Academy…
Korrupsiyaga qarshi kurash
2022-yil 14-aprel kuni Turin Politexnika Universitetida “Korrupsiyaga qarshi kurash” va “Yoshlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish” hozirgi zamonamizning dolzarb mavzularida talabalar o‘rtasida suhbat bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi xodimi A.Ergashev, Olmazor tumani 4-sonli IIB Yoshlar bilan ishlash inspektorlari: mayorlar R.Nasirov va O. Yusupovlar ishtirok etdi.Ma’ruzachilar o‘z nutqlarida mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish, shuningdek, yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan muhim huquqiy baza yaratilganini ta’kidladilar.Qabul qilingan qonunlarning mohiyati va mazmuni atroflicha tushuntirilib, ularda jamiyat hayotining turli jabhalari rivojida qonunga xilof xatti-harakat va huquqbuzarliklarga yo‘l qo‘yilmasligiga asosiy e’tibor qaratildi. Tadbir davomida yoshlarni mas’uliyat va hushyorlikka da’vat etuvchi tematik videorolik namoyish…
Italiyaning Politecnico di Torino bilan hamkorlik aloqalari kengaymoqda.
Avtomobilsozlik sanoatida ishlab chiqarish tarmoqlarining uzoq muddatli va barqaror rivojlanishi, yangi ishlab chiqarish vositalarini amalga tatbiq qilish, ilg‘or xalqaro tajribalar asosida yuqori malakali muhandis-texnik kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish maqsadida, 2022 yil 2-7 aprel kunlari “O‘zavtosanoat” AJ boshqaruv raisi Shavkat Umurzakov boshchiligidagi delegatsiya a’zolari Italiyaning Politecnico di Torino universitetiga tashrif buyurdi. Tashrif doirasida “O‘zavtosanoat” AJ boshqaruvi raisi Shavkat Umurzoqov, Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti rektori Jamshid Inoyatxo‘jaev va Andijon mashinasozlik instituti rektori Umid Turdaliyev shuningdek, Italiyaning Politecnico di Torino rektori Guido Saracco ishtirokida bir qator samarali muzokaralar va uchrashuvlar o'tkazildi. Rasmiy tashrif doirasida universitet hududida joylashgan o‘quv va ilmiy laboratoriyalar…
TTPU ga Pitssburg Davlat Universiteti vakillari tashrif buyurishdi.
AQSHning Pitssburg Davlat Universiteti Biznes Koleji (Kelce College of Business) dekani, professor Biyenvenido Kortes (Bienvenido Cortes) va Peydj Kortes (Paige Cortes) Toshkent shahridagi Turin Politexnika universitetiga tashrif buyurdi.Tashrif doirasida Universitetlar o‘rtasida o‘zaro hamkorlik munosabatlari xususan, TTPU va Pitssburg Davlat Universiteti o‘rtasida “2+2+1” dasturi asosida yangi “Menejment” ta’lim yo‘nalishini tashkil etish masalalari muhokama qilindi. Kelishuvga ko‘ra, Pitssburg Davlat Universiteti Biznes koleji tomonidan o‘quv reja, fan dasturlari hamda elektron kitoblar bilan ta’minlanishi ko’zda tutilgan.“Menejment” ta’lim yo‘nalishiga qabul qilingan talabalarda 2 yil TTPU da ta’lim olgandan so‘ng, o‘qishini keyingi 2 yilini Pitssburg Davlat Universitetida davom ettirishi imkoni bo‘lib, AQSH universiteti tomonidan bakalavr diplomi…
Universitet professor va muhandislari Turin Politexnika Universitetining (Italiya) xalqaro malaka oshirish kurslarida qatnashmoqda.
Joriy yilning 28-martidan 8-apreliga qadar, Turin Politexnika Universitetida (Italiya) ELBA loyihasi jamoalari, shu jumladan, Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti uchun qisqa muddatli malaka oshirish kurslari o‘tkazilmoqda.Kurslarda Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetining ELBA loyiha jamoasi nomidan universitet professor-o‘qituvchilari: prof.Qudratillo Fayazov, prof. O‘tkir Safarov, muhandislar Maxkam Qayumov va Azizjon Qobilov, hamda loyiha rahbari Mansur Asranov ishtirok etmoqda.O‘quv kurslari ELBA loyihasining Yevropa koordinatorlaridan biri, Turin Politexnika Universiteti (Italiya) professori, prof. Roberto Fontana rahbarligida joriy yilning 28 mart kuni boshlandi. Kurslar 10 kun davomida quyidagi uchta modul bo'yicha o'tkaziladi: ma'lumotlar fanida statistik usullar (3 kun);yirik masshtabli masalalar uchun hisoblash chiziqli algebra (6 kun);Tajribalarni loyihalash…
Granada universitetida (Ispaniya) malaka oshirish.
Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti vakillari Granada universiteti (Ispaniya) tomonidan tashkil etilgan “Internationalization Advanced Level” treningida ishtirok etdi. Trening davomida har bir ishtirokchi o‘z universiteti haqida taqdimot qildi, qabul tartiblari, akademik hamkorlik loyihalari orqali oliy ta’limni xalqarolashtirish, reklama va ijtimoiy tarmoqlarni rivojlantirish, xalqaro mobillik sifatini oshirish bo‘yicha Erasmus+ loyihalari va boshqa ko‘plab masalalarni muhokama qildi. Muzokaralar natijasida talabalar almashinuv dasturini rivojlantirish bo‘yicha o‘zaro hamkorlik memorandumini imzolashga kelishib olindi.
Hamkorlik memorandumi: TTPU and KNUT
2022-yil 15-mart kuni Koreya Milliy transport universiteti (KNUT) va TTPU o‘rtasida ilmiy-tadqiqot loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolandi.KNUT prezidenti janob Jun-Xun Pak boshchiligidagi delegatsiya tajriba almashish va zamonaviy metodologiyalar orqali universitetlar o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish masalalarini muhokama qilish maqsadida TTPUga tashrif buyurdi. O‘zaro manfaatli loyihalarni ishlab chiqish, xususan, biotibbiyot muhandisligi sohasida hamkorlik qilish. , talabalar va xodimlar almashinuvi hamda 2022-yil 10-12-avgust kunlari TTPUda xalqaro ilmiy konferensiya oʻtkazish masalalari muhokama qilindi.
O‘zbekistonda “Spektral optimallashtirish: matematikadan fizika va ilg‘or texnologiyalargacha/SOMPATY” HORIZON 2020 loyihasi
2019-yilda O‘zbekistonda ilk bor “HORIZON 2020” jamg‘armasining 48 oylik “Spektral optimallashtirish: matematikadan fizika va ilg‘or texnologiyalargacha/SOMPATY” HORIZON 2020 loyihasi amalga oshirish uchun grant olindi. Biroq pandemiya sababli loyiha kechiktirildi va 2021-yil dekabr oyida rasman ishga tushirildi. Loyihaning maqsadi zamonaviy optoelektronik tarmoqlar, nanoelektronik, nanomexanik qurilmalar asosidagi past o‘lchamli tuzilmalarda chiziqli bo‘lmagan to‘lqinlar, solitonlar va kvant kvazizarralarini tashishning matematik modellarini ishlab chiqish, shuningdek, ushbu modellarni funksional optimallashtirish maqsadida qo‘llashdan iborat. Ushbu loyihada Yevropa va Markaziy Osiyoning 7 davlatidan 10 dan ortiq ilmiy guruhlar ishtirok etmoqda. Loyiha fizika va amaliy matematika sohasida faoliyat yuritayotgan 100 dan ortiq olimlarni birlashtirgan. E’tiborlisi, O‘zbekiston jamoasi ham…
- Go to the previous page
- 1
- …
- 16
- 17
- 18
- 19
- 20
- 21
- 22
- …
- 28
- Go to the next page