“VATAN HIMOYACHILARI KUNI” MUNOSABATI BILAN UNIVERSITETIMIZDA MADANIY-MA’RIFIY TADBIR O’TKAZILDI
Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida, O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil topganining 32 yilligi hamda "Vatan himoyachilari kuni"ga bag'ishlangan “Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari – tinchlik va osoyishtalik posboni” mavzusida madaniy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. Tadbir avvalida davlatimiz madhiyasi yangradi va Universitetining birinchi prorektori Alisher Ashurov kirish so‘zi bilan tadbirni ochib berdi. Tadbirga tashrif buyurgan mehmonlar - Oʻzbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti xarbiy xizmatchilari: podpolkovnik Sodiqov Xafizjon Murtazaevich va xarbiy fanlar boʻyicha falsafa doktori dosent Akbarov Laziz Izzatullaevichlar tadbir ishtirokchilarini mamlakatimiz hayotidagi qutlug’ sana - Vatan himoyachilar kuni va O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 32 yilligi bilan samimiy qutladi. Mehmonlar davlatimiz Qurolli Kuchlarini…