TTPU vakillari Erasmus+ DEBSEUz loyihasi doirasida tashkil etilgan seminar treningda ishtirok etdi
2024-yil 18-22-noyabr kunlari tashkil etilgan mazkur tadbir davomida Portugaliyaning Evora universitetida tajribali professor-o'qituvchilar va sanoat mutaxassislarining quyosh energiya tizimlariga bag'ishlangan bir qator ma'ruzalari tinglandi va muhandislik korxonalariga tashrif amalga oshirildi. Shuningdek, hamkorlik doirasida Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti va Evora Universiteti o'rtasida anglashuv Memorandumi imzolandi. Ushbu memorandum o'zaro aloqalarni mustahkamlash, xususan, qayta tiklanuvchi energiya manbaalarini rivojlantirish bo'yicha kelajakdagi qo'shma tashabbuslarni amalga oshirishga zamin yaratadi.