TTPU va Xitoy-ShHT iqtisodiyot va savdo instituti o’rtasida hamkorlik yo’lga qo’yildi

  • Post category:Yangiliklar

Joriy yilning 15-iyun kuni Xitoy Xalq Respublikasining “Xitoy-ShHT iqtisodiyot va savdo instituti” (China-Sco Institute of Economy and Trade) Zheng Shi rektori boshchiligidagi delegatsiya Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetiga tashrif buyurdi. Tashrif davomida TTPU rektori O. Toʻychiyev tomonidan delegatsiya aʼzolariga universitet boʻylab tur uyushtirib, universitetning oʻquv va ilmiy faoliyat bilan yaqindan tanishtirildi. Mazkur tashrif doirasida o‘tkazilgan uchrashuv davomida ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish, xususan, talabalar almashinuvi, mutaxassislar malakasini oshirish, talabalar uchun xitoy tili kurslarini tashkil qilish kabi turli masalalar muhokama etildi. Shuningdek, ikki rahbar oʻrtasida “Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti” hududida “Xitoy-ShHT iqtisodiyot va savdo instituti” hamkorlik markazi ochilishi yuzasidan fikr almashildi.…

Continue ReadingTTPU va Xitoy-ShHT iqtisodiyot va savdo instituti o’rtasida hamkorlik yo’lga qo’yildi

Toshkent shahridagi Turin poltexnika universiteti bitiruvchilarining amaliyot yakuni bo’yicha Maxsus komissiya imtihonlari o‘tkazildi

  • Post category:Yangiliklar

Ma’lumki, bugungi kunda oliy ta’lim tizimida kadrlar sifatini oshirish uchun talabalarning o‘quv jarayonida nazariy tomondan olgan bilimlarini yanada mustahkamlash, uni amaliyotda qo‘llash hamda ularni muhandislik sohasida ishlab chiqarishga tayyor malakali yetuk mutaxassis kadr qilib yuborish ta'limning asosiy qismiga aylangan. Joriy yilning 11-13 iyun kunlari Toshkent shahridagi Turin poltexnika universiteti bitiruvchilarining amaliyot yakuni bo'yicha Maxsus komissiya imtihonlari o‘tkazildi. Unda universitet kafedra professor-oʻqituvchilari, shuningdek Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi vazirligi, Huawei kompaniyasi, Texnik meʼyorlash va standartlashtirish ilmiy-tadqiqot institutidan bir qator mutaxassis xodimlar ekspert sifatida ishtirok etdilar. Mazkur imtihon davomida talaba amaliyot davrida erishgan bilim, ko‘nikma va malakalari hamda loyihalari aks etgan taqdimotini…

Continue ReadingToshkent shahridagi Turin poltexnika universiteti bitiruvchilarining amaliyot yakuni bo’yicha Maxsus komissiya imtihonlari o‘tkazildi

Avtomobilsozlikda 3D modellashtirish bo’yicha “FUTURE YOUNG ENGINEERS 2024” nomli olimpiada o‘tkazildi

  • Post category:Yangiliklar

Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti "Mashinasozlik texnologiyasi va aviakosmik muhandisligi" kafedrasi tomonidan Avtomobilsozlikda 3D modellashtirish bo'yicha “FUTURE YOUNG ENGINEERS 2024” nomli olimpiada o‘tkazildi. Mashinasozlik texnologiyasi, arxitektura va qurilish yo'nalishlari hamda O‘zbekistondagi turli oliygoh talabalaridan iborat 30 ta ishtirokchilar ushbu olimpiadada ishtirok etishdi. Unda SolidWorks hamda NX Simens dasturlarida musobaqalashdilar.

Continue ReadingAvtomobilsozlikda 3D modellashtirish bo’yicha “FUTURE YOUNG ENGINEERS 2024” nomli olimpiada o‘tkazildi