Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universitetida innovatsion onlayn ta’lim platformasi ishga tushirildi
Yurtimizda onlayn ta'lim sifatini yaxshilash hamda professor-o’qituvchi va talabalar o’rtasida o’zaro onlayn muloqot muhitini shakllantirish maqsadida innovatsion onlayn ta’lim platforma foydalanuvchilarga qulay (user-friendly) shaklda yaratildi. Tizimda ortiqcha funksiyalar kiritilmagan bo'lib asosan universitet ma’muriyati o’quv jarayonini avtomatik boshqarishi uchun dars jadvali, talabalarni o’zlashtirish ko’rsatkichlari, davomat hisoboti, diplom ilovalari tizimda avtomatik tarzda shakllantiriladi. Shuningdek, tizimda imtihonlarni shaffof tarzda o’tkazilishi uchun juda muhim funksiyalar integratsiya qilingan bo’lib, talabalarni video kuzatuv va mikrofon orqali barcha harakatlari avtomatik tarzda nazorat qilinadi, agar talaba tomonidan ko’chirmachilik yoki aldashga urinish bo’lsa, o’sha vaqtdagi video yozuvlar tizimda aks ettiriladi. Ushbu platforma yordamida talabalar global Internet tarmog’iga ulanish imkoniyati…