TTPU rektori “Muhandislik kasbiga jalb qilish va uning kelajakdagi istiqbollari” mavzusida maʼruza qildi
Joriy yilning 29-oktabr kuni Isteʼdodli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash “Ulugʻbek” jamgʻarmasida TTPU rektori “Muhandislik kasbiga jalb qilish va uning kelajakdagi istiqbollari” mavzusida maʼruza qildi Unda Isteʼdodli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash “Ulugʻbek” jamgʻarmasi raisi, akademik Salimov Oqil Umurzoqovich, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri oʻrinbosari Maxkamov Otabek Muxtarovich, Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti rektori Toʻychiyev Olimjon Alijonovich, shuningdek mahalliy OTMlar rahbarlari, professor-oʻqituvchilar, kasb-hunar maktabi, kollej va texnikum direktorlari hamda ilmiy izlanuvchilar ishtirok etdi. Tadbirni Isteʼdodli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash “Ulugʻbek” jamgʻarmasi raisi, akademik O.Salimov kirish soʻzi bilan ochib berib, soʻzni maʼruzachilarga berdi. Vazir oʻrinbosari O.Maxkamovning “Professional taʼlim tizimini modernizatsiya qilish” mavzusidagi maʼruzasidan soʻng, TTPU rektori O.Toʻychiyev bugunning muhandislari ilm-fan…