Oila – jamiyat tayanchi
Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida “To‘ylar, oilaviy tantanalar, ma'raka va marosimlarni ixcham va tartibli o‘tkazilishi to‘g‘risida” va “Erta ajrimlar” mavzularida talabalar bilan davra suhbati o‘tkazildi. Birinchi masala bo‘yicha, universitet xotin-qizlar qo‘mitasi boshlang‘ich tashkiloti raisi F.Nabixanova so‘zga chiqib, so‘nggi yillarda xalqimizning uzoq yillik qadriyatlari va an'analarini o‘zida aks ettirgan to‘ylar, oilaviy tantanalar, ma'raka va marosimlar o‘tkazishda shuhratparastlik, o‘zini ko‘z-ko‘z qilish, boshqalarning ijtimoiy ahvolini inobatga olmaslik, isrofgarchilik, xalqimizning urf-odatlari va an'analarini mensimaslik kabi illatlar to‘g‘risida va 14 sentabr kuni Oliy Majlis Senati Kengashi hamda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Kengashining qo‘shma majlisida mamlakatda to‘y-hashamlar, oilaviy tantanalar, ma'raka va marosimlar borasida qaror qabul qilingani…